Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Qirg‘izistondagi sel oqibatida 10 yashar bola nobud bo‘ldi


Jalolobod viloyatidagi sel toshqini oqibatlari, 2024-yil 17-iyuni
Jalolobod viloyatidagi sel toshqini oqibatlari, 2024-yil 17-iyuni

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Novken tumani Eski Qo‘chqorota qishlog‘ida 17-iyundagi sel toshqini oqibatida 10 yashar o‘g‘il bola qurbon bo‘lgan. Bu ma’lumotni Ozodlikning qirg‘iz xizmatiga mahalliy rasmiylar tasdiqlashgan.

Jalolobod viloyatining Novken tumani O‘zbekistonning Andijon va Namangan viloyatlari bilan chegaradosh.

Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bolaning jasadi mahalliy turg‘unlar tomonidan soat 19:10 da topilib, qarindoshlariga topshirilgan. Vazirlik suv toshqini Novken tumanining Bo‘ston qishlog‘ida ham sodir bo‘lganini ma’lum qilgan. Bu qishloqda 2143 ta uy xo‘jaligi borligi aytilmoqda.

FVVning qo‘shimcha qilishicha, har ikki qishloqda xavf ostida bo‘lgan uylarda yashagan 300 nafar turg‘un vaqtincha xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingan.

Qishloqlar tahdid solgan suv toshqini natijasida Bishkek - O‘sh trassasining 518-kilometri ham yopilib qolgan, biroq mahalliy vaqt bilan soat 21:10 ga borib yo‘l tozalangan va bir tomonlama harakat uchun ochilgan. Toshqin oqibatlarini bartaraf qilish ishlariga FVV mahalliy ma’muriyat, IIV, Fuqarolarni himoya qilish xizmatlari xodimlari hamda maxsus texnikani jalb qilgan.

XS
SM
MD
LG