Joriy yilning 4-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:43 da Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan 4 magnitudali zilzila ta’siri O‘zbekistonning Namangan viloyati hududida ham sezilgan.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila markazi shimoli-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha Toshkent shahridan 261 kilometr uzoqlikda bo‘lgan.
Yer silkinishi kuchi Namanganning Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarida 2 ballga teng bo‘lgan.