Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:24

Qorachoy-Cherkesiyada ham niqobga vaqtinchalik taqiq joriy etildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Qorachoy-Cherkesiya musulmonlari diniy boshqarmasi respublika hududida niqobga vaqtincha taqiq joriy etdi. Bu haqda RBK muftiyatning tegishli buyrug‘iga tayangan holda xabar qildi.

Hujjatga muvofiq, taqiq “mavjud xavf-xatar bartaraf qilinib, yangi fatvo chiqquniga qadar” amalda bo‘ladi.

Qorachoy-Cherkesiya muftiysi va Shimoliy Kavkaz musulmonlari muvofiqlashtiruvchi markazi raisi Ismoil hoji Berdiyev mazkur buyruq markaz muftiylar kengashi qaroriga muvofiq ravishda qabul qilinganini bildirgan.

Avvalroq Shimoliy Kavkaz musulmonlari muvofiqlashtiruvchi markazi niqobda yurish majburiy emasligi va bu kabi kiyim-bosh Shimoliy Kavkaz uchun hech qachon an’anaviy bo‘lmagani haqida bayonot tarqatgan.

Qorachoy-Cherkesiya niqob vaqtincha taqiqlangan mintaqadagi ikkinchi respublika bo‘ldi. 3-iyul kuni Dog‘iston muftiyati “xavfsizlik mulohazasidan kelib chiqqan holda” niqobga vaqtincha taqiq joriy etilganini e’lon qilgan edi.

XS
SM
MD
LG