Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 17:55

Qoraqalpog‘istonda IIB boshlig‘i muovini tamagirlikda gumonlanyapti


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Qo‘ng‘irot tumanida IIB boshlig‘i o‘rinbosari tovlamachilikda ayblanayapti, deya ma’lum qildi Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi matbuot xizmati. Xabarnomada IIB mulozimining initsiallari ko‘rsatilgan emas.

Qayd etilishicha, mulozim mahalliy fuqaroni unga doir bir sirni fosh qilish bilan qo‘rqitib, bu ishni qilmaslik evaziga undan iPhone 15 Pro Max olib kelib berishni talab qilgan.

Buning ortidan fuqaro Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasiga murojaat qilgan. Murojaatchi iddaosiga ko‘ra, mayor unvoniga ega mansabdor talab qilingan smartfon olib kelinmasa, fuqaroning shaxsiy sirini fosh qilib, uni javobgarlikka tortish bilan tahdid qilgan.

Xabarnomaga muvofiq, DXX vakillari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda “Qo‘ng‘irot tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari fuqarodan talab qilingan iPhone 15 Pro Max'ni olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan”.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilyapti.

So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda sud, prokuratura, Milliy Gvardiya va boshqa sohada ishlaydigan mulozimlarning pora olish ustida qo‘lga olinganiga oid xabarlar ko‘paygan. Ularning ayrimlari haqida avvalroq Ozodlik ham xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG