Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:49

"Qotil", "shumqadam", "go‘rso‘xta.." Tarmoqlar Putinning O‘zbekistonga tashrifi haqida


Prezident Mirziyoyev Toshkent aeroportida prezident Putinni qarshi olmoqda. 26-may, 2024. Kreml matbuot xizmati.
Prezident Mirziyoyev Toshkent aeroportida prezident Putinni qarshi olmoqda. 26-may, 2024. Kreml matbuot xizmati.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin beshinchi muddat prezidentlikka saylanganidan ikki hafta o‘tib davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.

Bu Putinning Xitoy va Belarusga tashrifidan keyin uchinchi xorijiy safaridir.

Toshkentda Putin tashrifiga favqulodda tayyorgarlik ko‘rilgan, prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya rahbarini Toshkent aeroportida shaxsan qarshi oldi.

Ukrainaga agressiya sabab G‘arb sanksiyalari ostida qolgan Putin Rossiyasi uchun O‘zbekiston, xalqaro surshtiruvchilarga ko‘ra, sanksiyaga tushgan tovarlar Rossiyaga eksport qilinadigan asosiy davlatlardan biriga aylangan.

Urush jinoyatlarida gumon qilinib Xalqaro jinoyat sudi tomonidan qidiruvga berilgan Putinning boradigan joyi ko‘p emas.

Haagadagi Xalqaro jinoyat sudi 2023-yil mart oyida Ukraina hududida bolalarning noqonuniy deportatsiyasida aybdor deb ko‘rilgan Vladimir Putinni hibsga olish uchun order bergani ortidan Rossiyaning amaldagi prezidenti Rim statutini ratifikatsiya qilgan mamlakatlarga safar qilmagan.

Газ: "Путинга ўлгунча қарамлик"- Тармоқлар Озодлик суриштируви ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:17 0:00

O‘zbekiston Rim statutini ratifikatsiya qilmagan. Bu Haaga sudi order chiqarganidan buyon Putinning O‘zbekistonga ilk safari bo‘ladi. U O‘zbekistonga so‘nggi bor 2022-yil sentyabrida — SHHT Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun kelgandi.

"G‘arb sanksiyalariga tushib qolmasak go‘rga edi"

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tashrif umumiyat-la noxush kayfiyatda qarshilanganini kuzatish mumkin. Tarmoq faollari ham ochiq tarzda, ham ishoralar bilan “shimollik mehmon”ning “qadami bexosiyat kelgani” haqida yozdi.

“O‘ziyam, amaliyam, qadamiyam sovug‘-ye bu go‘rso‘xtaning. Mayning 26-kunida futbolkada yurib sovqotdim”, deb yozg‘irdi jurnalist Muslim Mirzajonov.

“Qotil... Afsuski, boshqa ilojimiz yo‘q, mittigina davlatmiz”, deya qisqa post qoldirdi bloger Xudoyberdi Zominiy.

“Shimollik” mehmon kelishini tashrif emas, tahqir deb atagim keladi. Chunki bu vizit bizni sharaflantirmasligi aniq”, deb yozdi diniy ulamo Mubashshir Ahmad.

Tashrif arafasida Toshkentda xavfsizlik choralari favqulodda kuchaytirilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilarga “keng miqyosdagi xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi hamda ayrim ko‘chalarda obodonlashtirish va qurilish-montaj ishlari davom etayotgani” munosabati bilan 26-27-may kunlari poytaxtga kelmaslikni tavsiya etdi.

“Bunaqasini birinchi marta ko‘rishim. Tavba, tavba”, deya holatga munosabat bildirdi jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayev.

Tarmoq faoli Dima Qayum “gap egasini topadi” qabilida Feysbukdagi sahifasiga marhum shoir Muhammad Yusufning “Cho‘chqalar” deb nomlangan she’rini qo‘ydi.

Tahlilchi Sardor Salim esa “O‘zbekiston – Rossiya: 160 yildan beri jiddiy sinovlarda toblanayotgan strategik sheriklik va ittifoqchilik” degan tagso‘z bilan Buxoroning vassal amiri hamda oqposhsho Nikolay Ikkinchi suratini chop etdi.

O‘zbekistonlik aksar faollar bosqinchilik urushi sabab yakkalanib qolgan Kreml xo‘jayini bilan masofa saqlash kerak degan fikrda.
“Putin Rossiyasidan uzoqroq yurishimiz kerak. U bilan osh-qatiq bo‘lib, G‘arb sanksiyalariga tushib qolmasak go‘rga edi”, deydi Aziz To‘xtarov ismli foydalanuvchi.

“Qiziq, Xalqaro jinoyat sudiga bugun tezlashtirilgan tartibda a’zo bo‘lsak nima bo‘lardi?” degan farazni ilgari surdi ekspert Komil Jalilov Putinni hibsga olishga doir orderga shama qilib.

Tarmoq faollari “O‘z xalqiga adolat qilmagan diktator boshqa millat, boshqa davlat va boshqa dindagilarga ham adolat qilmaydi” degan to‘xtamda.

Bloger va huquqshunos Zafarbek Solijonov esa hozirgi vaziyatda “lo‘lining eshagini sug‘orib pulini olish” kerak deb hisoblaydi.

“Internetda Putinni so‘kib yotishibdi. To‘g‘ri qilishadi. O‘zbek xalqining urushga reaksiyasini u va uning atrofi bilishi kerak. Biroq bu ishlarga davlat amaldorlari qo‘shilishi, yo‘q joydan diplomatik konflikt paydo qilishini xohlamayman. Aldab-suldab ayni vaqtda sanksiyalar sabab resurs qidirayotganlarning pulini olish kerak”, deydi bloger.

Otabek Mirzabekov OAV orqali jamoatchilikning Kremlga nisbatan nafratini so‘ndirishga urinish bo‘lganiga e’tibor qaratgan.

“E’tibor berdingizmi, barcha ommaviy axborot vositalariga O‘zbekiston Rossiya bilan qanchalik yaxshi aloqada ekani, Rossiya eng katta biznes hamkorimiz ekani to‘g‘risida axborot sizdirildi, deyarli barchasiga...” deb yozdi u.

Rossiya bilan munosabatlar sovuqlashmasligi tarafdori bo‘lganlar ko‘pincha ushbu mamlakatda o‘zbekistonlik bir necha million mehnat muhojiri ro‘zg‘or tebratayotganini dastak o‘laroq keltiradi. Ammo tahlilchi Anvar Nazir Rossiyada o‘zbekistonlik muhojirlar uchun istiqbol yo‘qligini ta’kidladi.

“Putinning kelishi bilan vaziyat shunday: mamlakatimizning Rossiya bilan barcha munosabatlari deyarli tugadi desa bo‘ladi. Rossiya hukumati mehnat muhojirlarini Rossiya iqtisodiyotining turli sohalaridan, hatto mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyoj fonida ham haydab chiqarmoqda. Rossiya bilan sanoat hamkorligining imkoni yo‘q, chunki Rossiyaning butun sanoati harbiy yo‘lga, ya’ni qurol ishlab chiqarishga o‘tmoqda va bu yerda O‘zbekiston o‘ziga foyda keltira olmaydi”, deb yozdi Anvar Nazir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

XS
SM
MD
LG