Линклар

 
Qozog‘istonda ilk AES quriladigan joy aniqlandi
Шошилинч хабар
18 апрел 2025, Тошкент вақти: 13:24

Qozog‘istonda ilk AES quriladigan joy aniqlandi


Ukrainadagi atom elektr stansiyasi (illyustrativ surat)
Ukrainadagi atom elektr stansiyasi (illyustrativ surat)

Qozog‘iston hukumati mamlakatdagi ilk atom elektr stansiyasi quriladigan joyni rasman tasdiqladi. Bunga oid qaror me’yoriy hujjatlar bazasida yoyinlangan.

AES quriladigan joy o‘laroq Balxash ko‘li yaqinidagi Jambil tumani (Olmaota viloyati) tanlangan.

Hukumat qarori 2024-yil 30-dekabridayoq imzolangan, biroq u 2025-yil 25-fevralida rasman e’lon qilingani ortidan kuchga kirgan.

Qozog‘iston rasmiylari o‘tgan yili AES qurilishi haqida qaror qabul qilishgandi. Mazkur qaror qabul qilinishi uchun mamlakatda referendum o‘tkazilgan, unda ovoz berish jarayonida kuzatuvchilar ko‘plab qonunbuzarliklar kuzatilgani haqida ma’lum qilishgan.

Qozog‘istonda ko‘plab ekologlar haligacha atom elektr stansiyasi qurilishiga qarshi chiqib kelishmoqda. Ular AES qurilishi loyiha barpo qilinishi muhtamal bo‘lgan hudud – Balxash ko‘lida salbiy aks etishi mumkinligini aytishmoqda.

Jamoatchilik faollari va siyosatshunoslar AES Rossiya tomonidan qurilishidan xavotir izhor qilishyapti. Ularga ko‘ra, bu Qozog‘istonning qo‘shni mamlakatga energetik qaramligini yanada oshirishi mumkin.

XS
SM
MD
LG