Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Qozog‘istonda Rossiya ishtirokisiz harbiy mashqlar o‘tkazilmoqda


Mang‘istaudagi “Birlashuv-2024” harbiy mashqlaridan lavha (Qozog‘iston Mudofaa vazirligi fotosi)
Mang‘istaudagi “Birlashuv-2024” harbiy mashqlaridan lavha (Qozog‘iston Mudofaa vazirligi fotosi)

Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida 8-iyuldan 17-iyulgacha Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Tojikiston harbiylarining harbiy mashqlari o‘tkaziladi. “Birlashuv-2024” deb nomlangan harbiy mashqlar Oymash poligonida – To‘qmaq burnidan ikki kilometr naridagi dengiz akvatoriyasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ozodlikning qozoq xizmati Qozog‘iston Mudofaa vazirligidan olingan ma’lumotga tayangan holda xabar qildi.

Vazirlik qaydicha, harbiy mashqlarda 4 ming chog‘li harbiy hamda 700 ga yaqin harbiy texnika vositalari qatnashadi.

“Taktik mashqlar quruqlikdagi va havo razvedkasi guruhlari, harbiy-dengiz maxsus otryadlari, jabha aviatsiyasi ekipajlari, jangovar kema va qayiqlar, artilleriya razvedka guruhlari, hujumchi va tank qismlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi”, deya ma’lum qilishgan Mudofaa vazirligi vakillari.

MDHga kiruvchi besh davlat – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Tojikiston shu yilning aprel oyida Rossiya va Eron ishtirokisiz harbiy mashqlar o‘tkazishga kelishishgan edi. Bungacha Qozog‘iston armiyasi Oymash poligonida rossiyalik va o‘zbekistonlik harbiylar bilan mashqlar o‘tkazgan.

Tahlilchilar Markaziy Osiyo mamlakatlari bu gal harbiy mashqlarni Ozarbayjon bilan birgalikda o‘tkazishiga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Xorijiy nashrlar bu mashq lageri Moskvada xavotir uyg‘otgani haqida xabar qilishgan. Rossiya nashrlari esa hududlari Kaspiy dengiziga tutashgan Rossiya va Eron bu mashqlarga ishtirokchi sifatida bo‘lmasa-da, hech bo‘lmaganda “kuzatuvchi” o‘laroq taklif qilinishi kerak edi, deb yozishgan.

Markaziy Osiyo bo‘yicha tahliliy maqolalar yozish bilan shug‘ullanib keluvchi jurnalist Bryus Panniyer Yevropada chiqadigan BNE Intellinews nashrida chop etilmish maqolasida “Birlashuv-2024” harbiy mashqlarida ishtirok etayotgan mamlakatlar umumiy bo‘lgan xavfsizlik muammolarini Rossiya, Xitoy, Eron kabi katta davlatlar yordamisiz hal qilish uchun o‘zaro hamkorlikni ma’qul ko‘rayotganlari haqida yozgan.

XS
SM
MD
LG