Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Qozog‘istonda Rossiya so‘roviga ko‘ra qirg‘izistonlik ayol hibsga olindi


Qirg‘iz-qozoq chegarasidagi nazorat-o‘tish maskanlaridan biri
Qirg‘iz-qozoq chegarasidagi nazorat-o‘tish maskanlaridan biri

Qozog‘istondagi sud Rossiya so‘roviga ko‘ra Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan 29 yoshli Alina Gorsheninani hibsga olgan. Rusnews xabariga ko‘ra, u suddagi tahdid yoki zo‘ravonlikka oid jinoyat ishi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan.

Gorshenina Moskva viloyat sudi sudyasi Yelena Morozova va prokuror Yelena Koloskovaga tahdid qilganlikda ayblanmoqda. 2021-yilning 18-yanvarida - Aleksey Navalniy “Novichok” bilan zaharlangani ortidan Germaniyada davolanib, Rossiyaga qaytganining ertasiga Morozova chiqargan qaror asosida hibsga olingan edi. Koloskova o‘sha sud majlisida ishtirok etgan.

Hibsga olingan ayolning onasi Larisa Gorshenina o‘z qiziga 2023-yili Moskva viloyatida sudyaga hujum qilganlik ayblovi ham yuklanayotganini iddao qilmoqda. Uning aytishicha, o‘sha kuni Alina Gorshenina Qirg‘izistondagi Issiqko‘l ko‘lida bo‘lgan, Rossiyaga esa so‘nggi marotaba olti yil avval borgan.

Alina Gorshenina Qirg‘iziston bilan Qozog‘iston chegarasida 1-iyun kuni qo‘lga olingan. Uning onasi Larisa “Novosti Bishkeka” nashriga qizi bilan Olmaotaga ikki kun dam olib kelish uchun yo‘l olishganini aytgan. Onaga ko‘ra, Qozog‘istondagi sud Gorsheninani Rossiyaga ekstraditsiya qilish haqida qaror chiqargan. Bu orada Rusnews uni 40 kunga hibsga olish haqidagina qaror chiqarilgani, ekstraditsiya masalasi esa hamon muhokama qilinayotgani haqida yozgan, deya qayd etdi Ozodlikning “Sibir.Realii” loyihasi.

“Mediazona” nashrining aniqlashicha, Gorsheninaning ismi IIV qidiruv bazasida yo‘q deganda 2023-yil 27-dekabrida paydo bo‘lgan. Rusnews ma’lumotiga ko‘ra, unga qarshi ish o‘sha yilning iyun oyida qo‘zg‘atilgan. Gorsheninaning onasiga ko‘ra, sud materiallaridan kelib chiqilsa, Rossiyada hokimiyat vakillariga tahdidlar aniqlanmagan raqamlardan kelib tushgan. Tergovchilar nima uchun bu aniqlanmagan raqamlar Alina Gorsheninaga daxldor, deya qarorga kelgani noma’lum.

Alina Gorshenina farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiya qilayotgan ona bo‘lib, uning bosh miyasida o‘simta bor, buyragida muammolar va gipertoniyasi ham bor, deya iddao qilmoqda uning onasi.

XS
SM
MD
LG