Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 14:44

Qozog‘istondagi aviahalokat: o‘nlab qurbon, 30 dan ortiq odam tirik qoldi


Samolyot Qozog‘istonning Aqtau shahri yaqinida qulagan.
Samolyot Qozog‘istonning Aqtau shahri yaqinida qulagan.

Qozog‘iston hukumati 25-dekabr kuni bortida 67 nafar yo‘lovchi bo‘lgan Bokudan Grozniyga parvoz qilgan yo‘lovchi uchog‘i Qozog‘istonning Aqtau shahri yaqinida halokatga uchraganini ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘nlab odamlar halok bo‘lgan, 30 dan ortiq kishi tirik qolgan. Ozarbayjon Bosh prokuraturasi kamida 32 kishi tirik qolgani va ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini aytdi.

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, 27 kishi, jumladan, ikki bola viloyat shifoxonasiga yotqizilgan. Ulardan 11 nafari og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining bayonotida aytilishicha, qutqaruv guruhlari halokat sodir bo‘lgan joyga yetib borib, yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf etgan.

Halokat joyidan olingan tasvirlarda fyuzelyajining bir bo‘lagi samolyotning qanot va kuzov qismidan ajralganini ko‘rish mumkin.


Ozarbayjon Havo Yo‘llari xabariga ko‘ra, J2-8243 reysi bilan Boku-Grozniy yo‘nalishida parvoz qilgan "Embrayer 190" samolyoti Aqtaudan taxminan uch kilometr uzoqlikda favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan. Samolyot yo‘lovchilari Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya fuqarolari ekani aytilmoqda.

Aviakompaniya halokat bilan bog‘liq tafsilotlarni jamoatchilikka yetkazib turishini bildirdi. Aviakompaniya halokat munosabati bilan internet sahifasidagi bannerlarini qora rangga o‘zgartirdi.

Halokat sabablari hozircha noma’lum. Qozog‘iston politsiyasi tergov boshlagan.

Rossiya Federal havo transporti agentligi vakilining aytishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qushlarning urilishi “bortda favqulodda vaziyat”ni yuzaga keltirgan va shundan keyin ekipaj samolyotni Aqtauga yo‘naltirishga qaror qilgan.

OAV avvalroq Grozniyda tuman sababli samolyot yo‘nalishi o‘zgargani haqida xabar bergandi.

Украинага босқин: 700-кун | Белгородда Россиянинг Ил-76 си қулаб тушди: у украин асирларини ташиган бўлиши мумкин
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:28 0:00

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev voqeani tekshirishni Bosh vazir o‘rinbosari Qanat Bozimboyev boshchiligidagi maxsus komissiyaga topshirdi.

Prezident shuningdek, omon qolganlarni davolash uchun Ostonadan bir guruh shifokorlarni Aqtauga yuborishga ham ko‘rsatma bergan.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammitidagi ishtirokini to‘xtatib, Bokuga qaytgan.

Raqamli aviatsiya, transport va favqulodda vaziyatlar vaziri, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, bosh prokuror o‘rinbosarlari, fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori o‘rinbosari va boshqalardan iborat delegatsiya Aliyevning topshirig‘i bilan Aqtauga jo‘nab ketdi, deb xabar berdi Ozarbayjon matbuot agentligi.

XS
SM
MD
LG