Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 07:36

Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Migratsiya agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini noqulay ob-havodan ogohlantirdi.

So‘nggi kunlarda Qozog‘iston hududida ob-havoning keskin sovishi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelayotgani aytilmoqda.

Shu munosabat bilan ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, ishonchli va xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘raymiz”, deyilgan agentlik xabarnomasida.

Qayd etilishicha, yaqin haftalar davomida Qozog‘iston bo‘ylab kuzatiladigan tuman, kuchli yomg‘ir hamda yo‘llarda muzlash holatlari sabab respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.

Qozog‘iston yo‘llarida YTH oqibatida o‘zbekistonliklarning halok bo‘lishi ko‘p kuzatiladi. Joriy yilning 16-oktyabr kuni Beyneu – Tajen yo‘lida ro‘y bergan avtoavariyada 6 o‘zbekistonlik halok bo‘lgan, to‘rt nafari jarohatlangan edi.

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar ishtirokidagi avtohalokatlarning eng fojialisi 2018-yilning 18-yanvarida sodir bo‘lgan. O‘shanda “Samara-Chimkent” avtomobil yo‘lida avtobus yonib ketishi oqibatida 52 o‘zbekistonlik nobud bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG