Линклар

Шошилинч хабар
18 октябр 2024, Тошкент вақти: 15:19

Qozog‘istondagi YTHda olti o‘zbekistonlik halok bo‘ldi


16-oktyabr kuni Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati hududi, Beyneu-Tojen trassasida ro‘y bergan YTH oqibatida O‘zbekistonning olti fuqarosi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari shifoxonaga yotqizildi.

“Kazinform” agentligi mahalliy politsiyaga tayanib yozishicha, Jac rusumli yengil avtomobil chegaradan o‘tish hududida, yo‘l chetida to‘xtab turgan MAN yuk mashinasiga kelib urilgan.

“Mashinada 10 kishi bo‘lgan. Hodisa oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan. Jarohatlangan to‘rt kishi esa Beyneu tumanidagi markaziy shifoxonaga yotqizilgan. Jabrlanganlarning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. Bemorlarga kerakli muolajalar ko‘rsatilmoqda”, deya ma’lum qilgan Mang‘istau viloyati ichki ishlar idorasi.

YTH qatnashchilari bo‘lgan avtomobillar O‘zbekistonda ro‘yxatga olingani aniqlangan. Ular Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga qaytayotgan bo‘lgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Hodisadan O‘zbekistonning Aqtau shahridagi bosh konsulligi xabardor qilingan.

“Daryo.uz” nashri hisob-kitobiga ko‘ra, 2017-2022-yillarda Qozog‘iston va Rossiyada ro‘y bergan avtoavariyalarda 80 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan.

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati hududida avtobus yonishi oqibatda 52 o‘zbekistonlik bevaqt hayotdan ko‘z yumgani jamoatchilik yodidan chiqqani yo‘q.

XS
SM
MD
LG