Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Reuters Institute: Dunyo bo‘ylab yangilikka qiziqish kamaydi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Dunyo bo‘ylab tobora ko‘proq odam "zerikarli" yoki “depressiyaga tushiruvchi” deya yangilik o‘qishdan bosh tortyapti. Bu haqda Reyter Jurnalistikani o‘rganish instituti (Reuters Institute for the Study of Journalism) tomonidan o‘tkazilgan global tadqiqotda aytilgan.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida o‘tkazilgan so‘rovda dunyodagi 47 ta mamlakatdan qariyb 95 ming kishi qatnashgan. Tadqiqot chog‘ida har 10 respondentdan to‘rt nafari (39 foiz) yangilik o‘qishdan ongli ravishda bosh tortayotgani aniqlangan. “2017'-yilda bu ko‘rsatkich ancha past — 29 foiz edi”, deya qayd etgan Bi-bi-si.

Hisobot mualliflari fikricha, odamlarning yangiliklar kun tartibidan “uzilib olish” istagi Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Hisobotda yangilikdan qochishga urinish hozirda rekord darajada yuqori ekani aytilgan.

Yangiliklarni diqqat bilan kuzatib borishini aytgan respondentlar ulushi dunyo bo‘ylab 46 foizga qisqargan. Bu 2017-yildagi (63%) ko‘rsatkichdan 17 foizga pastdir.

Britaniyada 2015-yildan boshlab yangiliklarga qiziqish qariyb ikki barobarga pasaygan.

Tadqiqot mualliflari qaydicha, video shaklidagi xabarlar internetda, ayniqsa yoshlar orasida tobora muhimroq yangilik manbai bo‘lib bormoqda. Hisobotga muvofiq, qisqa xabar tarzidagi videoroliklar tobora ommabop bo‘lib boryapti.

XS
SM
MD
LG