Joriy yilning 14-fevralidan buyon kasalxonada yotgan Rim papasi Fransisk astmatik respirator buhronni boshdan kechirmoqda. Vrachlar uning ahvolini og‘ir deb baholashyapti. Papaning hushi joyida, biroq u og‘riq his qilyapti, deya bildirgan Vatikan matbuot xizmati.
Papaning nafas olishiga yordam bo‘lsin uchun u kislorodga ulangan hamda uning qoni qayta quyilgan.
Kardinal Janfranko Ravazi, agar Fransisk salomatchiligi tufayli o‘z vazifalarini bajara olmay qolsa, taxtdan voz kechishi mumkinligini istisno qilmagan.
88 yoshli Fransisk fevral oyi o‘rtasida bilan Rimdagi Jemelli klinikasiga yotqizilgan edi. Kompyuter tomografiyasi unda ikki tomonlama pnevmoniyani aniqlagan. So‘nggi kunlarda uning sog‘lig‘i tobora yomonlashib boryapti.
Asl ismi Xorxe Mario Bergolo bo‘lgan Rim papasi Fransisk 2013-yilda Katolik cherkovi rahbari etib saylangandi. 88 yoshli Fransisk Katolik cherkovi tarixidagi eng yoshi katta papalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bolaligida bo‘lajak papa o‘pkasining bir qismini olib tashlangan, shuning uchun u respiratorli xastaliklarini ayniqsa og‘ir kechiradi.