Линклар

 
Rossiya o‘zbek meva-sabzavotining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda
Шошилинч хабар
13 апрел 2025, Тошкент вақти: 09:03

Rossiya o‘zbek meva-sabzavotining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekiston 2024-yil yanvar – dekabr oylarida 1,5 milliard dollarlik 2 million tonna meva-sabzavot eksport qildi.

Statistika agentligi hisob-kitobiga ko‘ra, Rossiya o‘zbek meva-sabzavotining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekistondan eng ko‘p meva-sabzavot sotib olgan davlatlar quyidagilar:

• Rossiya: 815,1 ming tonna (632,9 million dollar);

• Qozog‘iston: 520,5 ming tonna (189,8 million dollar);

• Qirg‘iziston: 151,7 ming tonna (57,9 million dollar);

• Xitoy: 144,6 ming tonna (128,6 milliondollar);

• Pokiston: 124,7 ming tonna (192,3 million dollar);

• Afg‘oniston: 67,6 ming tonna (124,4 million dollar);

• Iroq: 32,9 ming tonna (13,4 million dollar);

• Turkiya: 28,2 ming tonna (48,3 million dollar);

• Belarus: 22,6 ming tonna (20,3 million dollar);

• Boshqa davlatlar: 128,5 ming tonna (141,7 million dollar).

Bir muddat oldin prezident Shavkat Mirziyoyev ayrim viloyat, tuman hokimlari, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlar ishni to‘g‘ri tashkil qilmagani sabab meva-sabzavot eksport hajmida katta o‘zgarish sezilmayotganini tanqid qilgandi.

Ozodlik avvalroq O‘zbekiston qishloq xo‘jalik mahsulotlari an’anaviy bozorlarni boy berayotgani, mamlakatdan meva-sabzavotni eksport qilish shartlari yomonlashgani haqida tahliliy maqola chop etgan edi.

XS
SM
MD
LG