Линклар

 
Rossiya qamog‘idagi Usmon Baratovga qarshi yana bir jinoyat ishi ochildi
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 10:23

Rossiya qamog‘idagi Usmon Baratovga qarshi yana bir jinoyat ishi ochildi


Usmon Baratov
Usmon Baratov

Rossiyadagi koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan “Vatandosh” o‘zbeklar jamiyati raisi Usmon Baratovga nisbatan yangi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Endilikda u koloniya ishi tartib-intizomini buzishda ayblanmoqda. Bu haqda Baratovning Sota.Vision nashri tomonidan yoyinlangan xatida aytilgan.

Ish ochilishi uchun Valday shahridagi jazo koloniyasida ishlaydigan otryad boshlig‘ining arizasi sabab bo‘lgan. Mazkur arizada Baratov jazo izolatorining tuynugi orqali muloqot chog‘ida Jazoni o‘tash federal xizmati xodimiga undan tortib olingan videoregistratorni otgani aytilgan. Baratovning o‘zi ayblov yolg‘on ekanini aytmoqda.

Men Ulug‘ Vatan urushi g‘alabasining 80 yilligiga bag‘ishlangan amnistiya asosida qamoqdan chiqishga umid qilayotgandim, biroq bu umidimni o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchi tashrifi chilparchin qildi, u bugun menga qarshi yangi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqidagi qarorni taqdim qildi”, deb yozgan Baratov. Xatga 11-mart sanasi qo‘yilgan.

Baratov koloniyaga etap qilinganidan keyin karantinda ushlashgani, keyin 42 kun mobaynida jazo izolatorida tutib turishgani, 3-martdan boshlab esa uni kamera turidagi xonaga yo‘llashgan — bu qamoqdagi eng keskin jazo sharti bo‘lib hisoblanadi. Jazo izolatoriga u koloniyada harakatlanish chog‘ida qo‘llarini orqaga qilib yurmagani uchun tushgan. Avvalroq Baratov u ishni hibsga olish chog‘ida olingan jarohatlar va xastaligi tufayli qila olmayotganini aytgan edi.

O‘tgan yilning avgust oyida Moskva viloyatining Stupino shahar sudi Usmon Baratovni Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 282-moddasi 2-qismi bo‘yicha aybdor deb topib, jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash sharti bilan 4 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi .

Baratovga qarshi jinoyat ishi ochilishiga uning “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘iga tovuqlar aks etgan surat karikatura joylagani sabab bo‘lgan. Mazkur karikaturada tovuqlardan biri “Tuxum bo‘lishi uchun xo‘rozlarni urushdan qaytaringlar” deyayotganini ko‘rish mumkin.

XS
SM
MD
LG