Линклар

 
Rossiya Ukrainaning energetika va gaz infratuzilmasiga hujum qildi
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 09:29

Rossiya Ukrainaning energetika va gaz infratuzilmasiga hujum qildi


German Galushenko
German Galushenko

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning turli hududlaridagi energetika va gaz infratuzilmasiga raketa hamda dronlar bilan keng ko‘lamli zarba berdi. Bu haqda Ukrainaning energetika vaziri German Galushenko xabar qildi.

U 7 mart kuni ertalab Feysbukdagi sahifasiga: "Iloji bor joylarda qutqaruvchilar va energetiklar zararni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Energiya va gaz ta’minotini barqarorlashtirish uchun barcha zarur choralar ko‘rilyapti", deb yozdi.

Xarkovda fuqarolik infratuzilmasi obyektlaridan biri zarbaga uchradi. Shahar meri Igor Terexovning so‘zlariga ko‘ra, zarba urilgan joyda yong‘in chiqqan. Shuningdek yaqin atrofdagi ko‘p qavatli uy zararlangan, yashovchilar evakuatsiya qilinmoqda. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, besh kishi jabrlangan.

Poltava viloyatida raketa parchalari xususiy uyga tushdi, ikki kishi, jumladan, bir bola jarohat oldi. Viloyat ma’muriyatining xabar qilishicha, yana ikki xususiy uy va gaz quvuriga zarar yetgan.

Ternopol viloyatida sanoat obyektiga zarba berilgan. Viloyat ma’muriyati gaz ta’minotida cheklovlar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Chernigov viloyatida esa hujum natijasida ishlab chiqarish obyektlaridan biri zarar ko‘rdi.

Kechqurun Odessa viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiper dron hujumi natijasida energetika infratuzilmasiga zarar yetkazilganini ma’lum qilgan.

Energetika vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya uch yil mobaynida Ukraina energetika infratuzilmasi obyektlariga 30 dan ortiq keng ko‘lamli hujumlar uyushtirgan. Ularning umumiy zarari milliardlab dollarni tashkil etadi.

Moskva odatda Ukrainaga urgan zarbalarga izoh bermaydi.

XS
SM
MD
LG