Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Rossiya va Ukraina so‘nggi 4 oy ichida ilk bor asir almashdi


Arxiv surati
Arxiv surati

Rossiya Mudofaa vazirligi fevral oyi boshidan buyon birinchi marta Ukraina bilan asir almashilganini ma’lum qildi. Almashuv ortidan Rossiyaga 75 nafar harbiy qaytgan, Ukrainaga ham 75 nafar harbiy asir topshirilgan.

Vazirlik qaydicha, almashuvga Birlashgan Arab Amirliklari vositachilik qilgan.

Ikki mamlakat o‘rtasida 75 ga 75 formulasi bo‘yicha asir almashilganini keyinroq Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak ham tasdiqlagan.

Ayni paytda Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida o‘zaro jasadlar ham almashilgan. Rossiya Davlat dumasi deputati Shamsail Saraliyevning RBK nashriga ma’lum qilishicha, Ukraina Rossiyaga 45 jasadni topshirgan.

Ukraina harbiy asirlar bilan munosabat masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtabi vakillari janglarda halok bo‘lgan 212 nafar ukrainalik harbiyning jasadi vataniga qaytarilganini bildirishgan. Ular Donetsk, Zaporojye, Lugansk va Xarkov yo‘nalishlaridagi jangovar harakatlarda ishtirok etgan harbiylar bo‘lgan.

Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida so‘nggi bor harbiylar jasadini almashtirish 26-aprel kuni bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda Rossiya tomoniga 36 ta, Ukraina tomoniga esa 140 ta jasad topshirilgan, deya xabar qilgan “”Kommersant’” nashri.

XS
SM
MD
LG