Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2024, Тошкент вақти: 20:12

Rossiya Xalqaro fazo stansiyasiga laboratoriya modulini uchirdi


Chorshanba kuni Rossiya Xalqaro fazo stansiyasiga (XFS) laboratoriya modulini muvaffaqiyatli uchirdi. Stansiyaga kechikib jo‘natilgan moduldan ekipaj a’zolari ilmiy tajriba o‘tkazishda foydalanadi.

“Nauka”moduli ortilgan “Proton-M”raketasi mahalliy vaqt bilan soat 19:58 da Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirildi. 20 tonna vaznga ega modul XFSga sakkiz kunda yetib boradi.

Modulь 29 - iyul kuni XFSga avtomatik tarzda ulanadi.

“Ko‘p maqsadli laboratoriya moduli”deb ham nomlanuvchi “Nauka”modulini uchirish texnik muammolar tufayli bir necha bor kechiktirilgandi. Reja bo‘yicha modul 2007 - yilda uchirilishi kerak edi.

2013 - yilda mutaxassislar modulning yoqilg‘i tizimida ifloslanishni aniqladilar. Muammoni bartaraf etish uchun juda ko‘p vaqt ketdi. Boshqa “Nauka” tizimlari ham modernizatsiya qilindi yoki ta’mirlandi.

Dastlab joriy yilning 15 - iyuliga belgilangan parvoz ochiqlanmagan muammolarni bartaraf etish zarurati sababli chorshanba kuniga qoldirildi.

“Nauka”ulanishidan oldin eski rus modullaridan biri bo‘lmish “Pirs” olib tashlanadi.

XFSning rossiyalik ekipaj a’zolari “Nauka” kelishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun kabellarni ulash uchun ikki marta ochiq fazoga chiqdilar.

“Nauka” stansiyaga yetib borganidan keyin, uni ishga hozirlash uchun ko‘plab amaliyotni bajarish kerak bo‘ladi. Modul sentabr oyida to‘liq ishga tushishi kutilmoqda.

Hozirda XFS ekipaji NASA astronavtlari Sheyn Kimbro, Megan Makartur va Mark Vande Xey; “Roskosmos”kosmonavtlari Oleg Novitskiy va Pyotr Dubrov; Yaponiya Aerokosmik tadqiqotlar agentligi astronavti Akixiko Xoshide hamda Yevropa kosmik agentligi astronavti Tomas Pesketlardan iborat.

1998 - yilda Rossiya stansiyaning ilk moduli bo‘lmish “Zarya”modulini uchirgandi. Uning ortidan 2000 - yilda yana bir katta modul – “Zvezda”va keyingi yillarda uchta kichik modul yuborildi. Ulardan oxirgisi bo‘lmish “Rassvet”moduli stansiyaga 2010 - yilda yetib borgandi.

XS
SM
MD
LG