Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 18:43

Rossiyada migrantlarning rus tilini bilmaydigan farzandlarini maktabga qabul qilish taqiqlanishi mumkin


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Rossiya Davlat dumasi hukumatga migrantlar farzandlarining rus tilini bilishi tasdiqlanmasidan turib ularni maktabga qabul qilishni taqiqlash taklifini o‘z ichiga olgan qaror loyihasini hozirlamoqda. Bu haqda Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin ma’lum qilgan.

Shuningdek, migrantlarning farzandlarini maktabga qabul qilishda ularning Rossiya hududida qonuniy yurganini tekshirish taklif etilmoqda. Deputatlar Davlat dumasiga bunga oid ham qonun loyihasini kiritishadi. Qaror loyihasini deputatlar 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda ko‘rib chiqishni rejalashmoqda.

Agar migrantlarning farzandlarini maktabga qabul qilish rad etilsa, deputatlar ularning majburiy ta’lim olishini qanday ta’minlashadi – bu masalaga Volodin oydinlik kiritgan emas. Rossiya qonunchiligi va xalqaro me’yorlarga muvofiq, davlat maktab yoshidagi barcha bolalarga majburiy ta’lim taqdim etishi shart.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin rus tilini bilmaydigan yoki kam biladigan migrantlarning bolalari bilan ishlash algoritmini yaratish haqida topshiriq bergan edi. Shuningdek, u rus tili va Rossiya xalqlari tillarini dastaklash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish kengashiga mehnat migrantlariga nisbatan rus tili malakasi bo‘yicha talablar darajasini aniqlash va belgilab qo‘yishni topshirgan edi.

XS
SM
MD
LG