Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2024, Тошкент вақти: 21:21

Rossiyada qarovsiz qolgan 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Joriy yilning 1-sentyabrida Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan qiyin vaziyatga tushib qolgan 14 nafar o‘zbekistonlik bola vataniga qaytarilgan. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Agentlik qaydicha, bu bolalar “Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan Ichki ishlar hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari mas’ul xodimlarining xizmat safarlari doirasida” Toshkentga olib kelingan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi yurtga qaytgan bolalar ota-onasi va o‘z yaqinlarining qaramog‘iga qaytarilishini bildirgan. Ayni paytda O‘zbekistonga qaytarilgan bolalarning Rossiyada nima sababdan ota-ona qaramog‘isiz qolganiga aniqlik kiritilmagan.

Ularga o‘zlarining yashash manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bir qator ijtimoiy xizmatlar, jumladan, bolalarning o‘zlari va ularning oila a’zolariga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatib borish belgilangan”, deyilgan agentlik xabarnomasida.

Avvalroq Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili matbuot xizmati o‘tgan oyda Rossiyada qarovsiz qoldirilgan 31 nafar bola, so‘ngra esa “Dunyo” axborot agentligi Qozog‘istonda qarovsiz qolgan 3 nafar bola O‘zbekistonga olib kelingani haqida ma’lum qilgan edi.

XS
SM
MD
LG