Rossiyaning Kaliningrad viloyatida sud voyaga yetmagan qizaloqqa tegajog‘lik qilgan o‘zbekistonlik shaxsga nisbatan 14 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqargan.
RIA Novosti xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik 59 yoshli Sh. o‘tgan yilning avgust oyida Shevchenko ko‘chasidagi uylardan birining yonida 11 yashar qizchani ko‘rib qolgan.
U avtobus bekatigacha bo‘lgan yo‘lni ko‘rsatib qo‘yish bahonasida qizchani mehmonxona tomonga olib ketgan. Yo‘lda u qizchaga o‘pishishni taklif qilgan, qizaloq buni rad qilgan.
“Erkak uning futbolkasini yechishga harakat qilgan, qizcha qarshilik qila boshlagach esa uning yuzidan tishlab olib, velosipediga o‘tirib, ketib qolgan”, deyilgan agentlik xabarida.
Sud o‘zbekistonlik erkakni Rossiya Jinoyat kodeksining “14 yoshga yetmagan shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatgan holda shahvoniy harakatlar sodir etganlik” moddasi bo‘yicha aybdor deb topgan.
Sud qarori bilan 14 yilga kesilgan o‘zbekistonlik Sh. jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘taydigan bo‘lgan.