Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 12:14

Samarqandda shampan vinosi: Fransuzlarning 120 yil oldin Markaziy Osiyoga ekspeditsiyasi


Sharl Nuet/Pelliot missiyasining Markaziy Osiyoda olingan fotosuratlari katalogi
Sharl Nuet/Pelliot missiyasining Markaziy Osiyoda olingan fotosuratlari katalogi

Fransuz tadqiqotchisi Pol Pelliot 1906-yilda Rossiya va O‘rta Osiyo bo‘ylab bir yillik ekspeditsiyani boshlaydi.

Ekspeditsiya qurollar, konservalangan go‘sht, chodirlar, 25 shisha Koste-Folsher shampani va 30 litr konyak bilan yo‘lga chiqadi.

Pol Pelliot (1878-1945)
Pol Pelliot (1878-1945)

Fransiyaning Markaziy Osiyoga ekspeditsiyasi G‘arbning “Rossiya va Xitoy Turkistoni”ga uyushtirilgan ekspeditsiyalari ortidan amalga oshirildi. Mazkur ekspeditsiyalar bir vaqtlar o‘z davrida gullab-yashnagan qadimgi xonliklar va madaniyatlarning bebaho eksponatlarini Yevropaga olib ketilishiga sabab bo‘ldi.

Pelliotning missiyasi fotograf Sharl Nuet tomonidan sayohat davomida olingan ajoyib tasvirlar bilan yanada ahamiyatlidir. 1500 dan ortiq fotosuratlar yaqinda Parijdagi Gimet Osiyo san’ati muzeyi tomonidan internetda ommaga taqdim etildi.

Quyida o‘zgarishlar yoqasida turgan Markaziy Osiyo va Rossiya imperiyasi haqidagi tasavvurlarni uyg‘otuvchi eng hayratlanarli fotosuratlar keltirilgan.

Moskva vokzalining tashqarisida yo‘lovchilarni kutayotgan foytunlar
Moskva vokzalining tashqarisida yo‘lovchilarni kutayotgan foytunlar

Rossiya imperiyasi ko‘magi bilan fransuz ekspeditsiyasi 1906-yil iyul oyida Moskvadan Samarqandga, bugungi O‘zbekistonga yo‘l oladi.

Manchjuriyadan qaytib kelgan rus qo‘shinlari. 1906-yil iyun
Manchjuriyadan qaytib kelgan rus qo‘shinlari. 1906-yil iyun

O‘sha paytlarda Rossiya imperiyasi 1905-yilgi inqilob va Yaponiya bilan urushdan so‘ng siyosiy qo‘zg‘olonlar bo‘hronida edi.

Toshkentda cho‘milayotgan mahalliy aholi. Fransiya ekspeditsiyasining ikki noma’lum a’zosi (o‘ngda) manzarani tomosha qilmoqda.
Toshkentda cho‘milayotgan mahalliy aholi. Fransiya ekspeditsiyasining ikki noma’lum a’zosi (o‘ngda) manzarani tomosha qilmoqda.

Fransuz ekspeditsiyasi O‘zbekistonni tadqiq qilganidan so‘ng, tonnalab jihozlari va anjomlarini bojxonadan o‘tkazish uchun qariyb bir oy kutdi. Shundan keyin sharqqa hozirgi Qirg‘iziston tomon yo‘l oldi.

Samarqandning tarixiy markazi Registon maydonining bozor rastalari bilan to‘la nodir manzarasi. Ark tepasida Sherdor madrasasining ikkita ramziy sher boshi tasvirlangan.
Samarqandning tarixiy markazi Registon maydonining bozor rastalari bilan to‘la nodir manzarasi. Ark tepasida Sherdor madrasasining ikkita ramziy sher boshi tasvirlangan.

Pelliot Markaziy Osiyoni “Markaziy Afrikadan kam bo‘lmagan chuqur sirli” mintaqa deya ta’riflagan. “Rossiya mintaqani egallaganidan” keyin G‘arb tadqiqotchilari tadqiq qilishi uchun yo‘l ochilgan.

Ekspeditsiya hozirgi O‘zbekistonga kelganidan so‘ng olingan surat. “Keksa tentak, Toshkent” sarlavhasi ekspeditsiya guruhining ayrim mahalliy aholiga nisbatan nafratiga ishora qiladi.
Ekspeditsiya hozirgi O‘zbekistonga kelganidan so‘ng olingan surat. “Keksa tentak, Toshkent” sarlavhasi ekspeditsiya guruhining ayrim mahalliy aholiga nisbatan nafratiga ishora qiladi.
Toshkentlik mana bu odam portretiga “Moxovlar” deb yozilgan.
Toshkentlik mana bu odam portretiga “Moxovlar” deb yozilgan.

Pelliot ekspeditsiyaga lingvist bo‘lgani uchun ham rahbar qilib tayinlangan. U ingliz, rus, turk va xitoy tillarini bilgan.

Samarqand markaziy qismining Sherdor madrasasi tepasidan ko‘rinishi.
Samarqand markaziy qismining Sherdor madrasasi tepasidan ko‘rinishi.

Pelliot ekspeditsiyasidan oldin Parij va Sankt-Peterburg o‘rtasida yuqori darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi.

Ekspeditsiya O‘shdagi lagerda mahalliy vakillar bilan uchrashuvda.
Ekspeditsiya O‘shdagi lagerda mahalliy vakillar bilan uchrashuvda.

Ekspeditsiyani qo‘llab-quvvatlash va Rossiya nazoratidagi hududga kirish evaziga Rossiya Pelliotdan (o‘ngda, yuqorida o‘tirgan) Xitoy nazorati ostidagi mintaqalardan razvedka ma’lumotlarini yig‘ish uchun josus sifatida o‘sha paytda Rossiya armiyasining yosh polkovnigi Karl Gustaf Emil Mannerxaymni (kameraning orqa tomonida) o‘zi bilan olib ketishni talab qiladi.

Samarqandda ekspeditsiyaga Rossiya tomonidan tayinlangan besh kazakdan iborat qurolli eskort hamrohlik qiladi.
Samarqandda ekspeditsiyaga Rossiya tomonidan tayinlangan besh kazakdan iborat qurolli eskort hamrohlik qiladi.

Pelliot qurolli qo‘riqchilarni yaxshi qabul qiladi.

“Bu kazaklar yaxshi niyat bilan kelishdi”, deb yozadi u. Hatto sarguzashtlarga chanqoq ofitserlardan biri, o‘z hisobidan ekspeditsiyaga qo‘shilishni xohladi", deb yozgan Pelliot.

O‘shdagi ko‘cha, orqa fonda Sulaymon tog‘i
O‘shdagi ko‘cha, orqa fonda Sulaymon tog‘i

Ekspeditsiya dastlab yangi arxeologik kashfiyotlar bo‘yicha o‘z maqsadlariga erisha olmaydi.

Pelliot bir hamkasbiga shunday deb yozadi: “Men sizga shuni aytishim mumkinki, biz bu yerda hech qanday shov-shuvli kashfiyot qilmadik. Bizdan oldin juda ko‘p odamlar kelgan, yaponlar, nemislar, ruslar topish oson bo‘lgan hamma narsani topib bo‘lishgan”

Hozirgi Qirg‘iziston tog‘larida to‘y paytidagi kelinning surati
Hozirgi Qirg‘iziston tog‘larida to‘y paytidagi kelinning surati
O‘tov yonida to‘y bazmi
O‘tov yonida to‘y bazmi
O‘shda taqachi otga taqa urmoqda.
O‘shda taqachi otga taqa urmoqda.

Ekspeditsiya bugungi O‘zbekiston va Qirg‘iziston hududlarida bir necha oy bo‘lib, 1906-yil oxirida Xitoyga jo‘nab ketadi.

Ekspeditsiya a’zolari Xitoy g‘arbi, Qashg‘arda.
Ekspeditsiya a’zolari Xitoy g‘arbi, Qashg‘arda.
Xitoyda fallik va svastika tasvirlangan toshlar.
Xitoyda fallik va svastika tasvirlangan toshlar.
Ekspeditsiyaga hamroh bo‘lgan kazaklardan biri, Ilyazov (o‘rtada), Xitoyda musiqiy kechada.
Ekspeditsiyaga hamroh bo‘lgan kazaklardan biri, Ilyazov (o‘rtada), Xitoyda musiqiy kechada.

Ekspeditsiya Xitoyda yangi topilmalar kashf qila boshladi. Xitoyda qadimgi Buddaviylik madaniyati qoldiqlari va minglab xitoy qo‘lyozmalari topildi. Bu ekspeditsiyaning asosiy kashfiyoti bo‘ldi.

Xitoyning Shinjon viloyatidagi Buddaviylik davrini aks ettiruvchi haykalchalar
Xitoyning Shinjon viloyatidagi Buddaviylik davrini aks ettiruvchi haykalchalar
Bir paytlar saroyni bezab turgan haykallar
Bir paytlar saroyni bezab turgan haykallar
Ekspeditsiya tomonidan Parijga olib kelingan osori-atiqalar
Ekspeditsiya tomonidan Parijga olib kelingan osori-atiqalar

Ekspeditsiya muvaffaqiyatli bo‘ldi. Pelliot Xitoy va Markaziy Osiyo bo‘yicha dunyodagi eng mashhur mutaxassislardan biriga aylandi.

Ekspeditsiya tugaganidan ko‘p o‘tmay, fotograf Sharl Nuett 41 yoshida sil kasalidan vafot etdi.

XS
SM
MD
LG