Линклар

 
Samarqandda talaba qiz o‘z joniga qasd qildi
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 04:40

Samarqandda talaba qiz o‘z joniga qasd qildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Samarqand shahridagi ISFT instituti 1-bosqich talabasi o‘z joniga qasd qildi, deya xabar qildi Daryo.uz nashri.

Fojia 19-fevral kuni soat 17:00 atrofida sodir bo‘lgan.

2005-yilda tug‘ilgan S.M. (qiz) Samarqand shahrida joylashgan ko‘p qavatli uyning 9-qavatidagi xonadon derazasidan o‘zini pastga tashlagan va hodisa joyida vafot etgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining holatga aniqlik kiritishicha, o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Qizga tegishli bo‘lgan uyali telefon apparati esa ish uchun ahamiyatli ma’lumotlar mavjudligiga aniqlik kiritish maqsadida kompyuter texnikaviy ekspertizasiga topshirilgan.

Holat yuzasidan Samarqand shahri prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.

Marhuma hali turmush qurmagani, buvisi bilan yashab kelgani aytilmoqda.

So‘nggi oylarda O‘zbekistonning turli viloyatlarida qizlarning o‘zini yuqori qavatdan pastga tashlash orqali joniga qasd qilishi bilan bog‘liq bir necha holat qayd etildi.

Joriy yil 7-fevral kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 17 yoshli qiz o‘zini yuqori qavatdan tashlash natijasida halok bo‘lgan.

13-yanvar kuni Samarqand shahrida 14 yoshli qiz ayni shu yo‘l bilan joniga qasd qilgan.

Samarqand shahrida 2024-yilning 12-dekabriga o‘tar kechasi taniqli byuti-bloger va kosmetolog Go‘zal Mahmatqulovaning 8-qavat derazasidan tushib ketib o‘lgani ham muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Rasmiylar marhuma o‘z joniga qasd qilganini aytishgan, ammo yaqinlari bu versiyani rad etishgan.

2024-yil noyabr oyida Surxondaryo viloyati Denov tumanida ham shu kabi fojia ro‘y bergandi.

XS
SM
MD
LG