Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 12:08

Samarqanddagi qotillik. Migrantlarning uyda qolgan bolalarini kim himoya qiladi?


 Samarqandda 37 yoshli ota Isroilda ishlayotgan xotini bilan telefonda janjallashib, uch nafar voyaga yetmagan farzandini pichoqlab o‘ldirgan.
Samarqandda 37 yoshli ota Isroilda ishlayotgan xotini bilan telefonda janjallashib, uch nafar voyaga yetmagan farzandini pichoqlab o‘ldirgan.

37 yoshli ota Isroilda ishlayotgan xotini bilan telefonda janjallashib, uch nafar voyaga yetmagan farzandini pichoqlab o‘ldirgani haqidagi xabar O‘zbekistondagi jamoatchilik va tarmoqlarni larzaga soldi.

Hodisa 16-iyun kuni Samarqand shahri markazidagi “Alisher Navoiy” mahallasidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan.

Samarqand viloyati prokuraturasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi - Qasddan odam o‘ldirish bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgani ma’lum qilindi.

-“2023-yilning 16-iyun kuni Samarqand shahri Navoiy ko‘chasida yashab kelayotgan fuqaro o‘zining Isroil davlatida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali janjallashib qoladi. Undan qasd olish maqsadida, o‘zining go‘yoki haq ekanini isbotlab berish uchun o‘zining 2010-yilda tug‘ilgan qiz jinsli, 2011- yilda tug‘ilgan qiz jinsli, 2013-yilda tug‘ilgan o‘g‘il jinsli jami uch farzandini uxlab yotgan vaqtida tanasining turli joylariga oshxona pichog‘i bilan bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirgan. Javobgarlikdan qutilish uchun u o‘ztining ko‘krak kafasiga bir marta pichoq urib tan jarohati yetkazgan”, - deydi Samarqand viloyati prokuraturasining tergovchisi Bexzod Hasanov.

Uch nafar farzandining qotiliga aylangani aytilayotgan shaxs hozirda Samarqand viloyati kasalxonasining jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

Samarqanddagi qotillikdan xalqaro tashkilotlar ham larzaga kelgan. YUNISEF tashkilotining O‘zbekistondagi bo‘limi rahbari Munir Mamedzade Ozodlik bilan suhbatda bunday dedi:

“Ota uch farzandini o‘ldirishi, bu fojia. Bu holat bo‘yicha batafsil ma’lumotga ega bo‘lmasak-da, bilamizki, ba’zi hollarda ruhiy salomatlik bilan bog‘liq muammolar ota-onaning fikri-o‘yini xiralashtirishi mumkin. Dunyo miqyosida erkaklar va ayollar o‘z farzandlarini qasos yoki jazo turi sifatida o‘ldirishi holatlari hujjatlashtirilgan. Bu kabi qotilliklar qasoskorlik, ota-ona, o‘gay ota-ona yoki boshqa tarbiyachi tomonidan bolaning boshqa ota-onasiga yoki qarindoshiga ruhiy zarar yetkazish maqsadida bir yoki bir nechta bolalarni qasddan o‘ldirish deb ataladi. Filitsidning bu shakli kam uchraydi va hali ham yaxshi tushunilmagan”.

Yagona hodisa emas

O‘zbekistonda otasi yoki onasi mehnat muhojirligida bo‘lgan oilalarda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq yagona hodisa emas.

Shu yil mart oyida ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol o‘z bolalarini qiynayotgani aks etgan video tarmoqlarni junbushga solgandi.

23 yoshli ayol Rossiyada bo‘lgan eri bilan janjallashib, jahl ustida bolasini qiynab, tasvirga olib turmush o‘rtog‘iga yuborgan.

O‘tgan hafta Kattaqo‘rg‘on tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudida ayol qilmishiga izoh berib, shu orqali erini yaxshi yo‘lga chorlamoqchi bo‘lganini aytgan.

-“Men aybimga iqrorman. Qilgan ishimdan pushaymonman. Erim Rossiyadan kelsa oilamni tiklamoqchiman. Bolalarimga azob berish niyatida bo‘lmaganman. Erim videoni ko‘rib to‘g‘ri yo‘lga o‘tadi, deb o‘ylagan edim. Suddan yengillik so‘rayman”, - deydi ayol.

Sudda ayolning qaynonasi nabiralarini uning qaramog‘iga olib berishlarini so‘ragan. Sudlanuvchi ayol eri ham jazolanishi kerakligini, aybiga iqror bo‘lishini talab qilib, janjal ko‘tardi.

Millionlab o‘zbekistonlik har yili ro‘zg‘or tebratish ilinjida o‘zga yurtlarga safar qiladi. Faollarga ko‘ra, ularning yana millionlab uyda qolgan farzandlari normal oila hayotidan mosuvo tarzda ulg‘aymoqda.

Otasi yoki onasisiz o‘sayotgan avlod

Yonlarida otalarining uzoq muddat yo‘qligi bolalarning nochor ahvoliga, ba’zida fojiaga ham sabab bo‘lmoqda.

-“Onasi Isroilda ekan, otasi bolalari bilan qolgan. Ularni o‘rtasida nima bo‘lganini hech kim bilmaydi.. Tergov bo‘lyapti. Uch favrzandini pichoqlab o‘ldirish soppa-sog‘ odamning ishi emas. Haligacha o‘zimga kelolmayapman. Bolalar bo‘yicha ota-onalarning majburiyati bor. Bolalarni qaovsiz qoldirib ketganlik uchun javobgarlik belgilangan”, - deydi Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekiston Bolalar ombudsmani Aliya Yunusova.

Tadqiqotchilar otalari yoki onalaridan uzoqda qolgan bolalarning ijtimoiy o‘zini tutishi va ruhiy ahvolidagi o‘zgarishlar haqida gapirishadi.

Ular fikricha, muhojir bolalari ko‘p hollarda tushkunlikka va odamovilikka moyildirlar.

Uch yil avval YUNICEF Yevropa Ittifoqi ko‘magida O‘zbekistonda migratsiya ta’siridan bolalarni himoyalash bo‘yicha loyihani ishga tushirgan edi.

-“2019-yilda YuNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi migratsiyadan jabr ko‘rgan bolalarning ahvoli bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi, bunda alohida e’tibor mehnat uchun xorijga ketayotgan ota-onalar tomonidan qoldirilgan bolalarga qaratildi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonlik muhojirlarning aksariyatida kamida ikki nafar farzand bor, ular mamlakatdan chiqib ketayotganda ularni boshqa oila a’zolari qaramog‘ida qoldirishgan, bu esa bolalarning qarovsiz qolish xavfini tug‘diradi va ularning ruhiy salomatligiga katta zarar yetkazadi. Odamlar mahalliy ish bilan ta’minlash agentliklari orqali chetga ishga ketsa, muammolar unchalik jiddiy bo‘lmaydi. Ammo ota-onalar ko‘pincha chet elga norasmiy sayohat qilishadi, bu esa bolalarni rasman tayinlangan vasiysiz qoldiradi", deydi YUNISEFning O‘zbekistondagi bo‘limi rahbari Munir Mamedzade.

O‘zbekiston Bolalar Ombudsmani Aliya Yunusovaning aytishicha, muhojir ota-onalar tomonidan tashlab ketilgan bolalarga parvarish va himoya yetishmaydi. Migratsiya ta’sir ko‘rsatgan oilalar qiyinchilikka duch keladi va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘ladi.

"Bunday oilalar va bolalarga vasiylik va homiylik organlari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, oilaviy markazlar va nohukumat tashkilotlari, shuningdek Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bo‘linmalari tomonidan viloyat va tuman darajasida yordam ko‘rsatiladi”.

Migratsiya muammosi nafaqat O‘zbekiston yoki Markaziy Osiyoda, balki global xarakterga ega. Tobora ko‘proq odamlar yaxshi hayot va daromad qidirib, bolalari va oilalarini tark etmoqda.

“O‘zbekistonda migratsiyadagi ota-onalar tomonidan qoldirilgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi, masalan, ijtimoiy xodimlar tomonidan ushbu bolalar va ularning katta oilalarining ehtiyojlarini baholash va ularni tegishli qo‘llab-quvvatlash xizmatlariga yuborish uchun yordam ko‘rsatish. Shuningdek, bolalarga ruhiy-ijtimoiy yordam, shu jumladan maslahatlar beriladi. Biroq, bu chora-tadbirlar hali to‘liq tashkillashtirilmagan va keng miqyosda mavjud emas. Ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish uchun mas’ul bo‘lgan Ijtimoiy himoya milliy agentligining tashkil etilishi bilan ko‘chib ketayotgan ota-onalar tomonidan qoldirilgan bolalarning tegishli yordam xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga harakat bor, deb hisoblaymiz”, - ta’kidlaydi Ozodlik bilan suhbatda YUNISEFning O‘zbekistondagi bo‘limi rahbari Munir Mamedzade.

Калтак еган келин, муштумзўр она ва "самосуд"лар – ЮНИСЕФ Ўзбекистондаги вазиятдан ташвишда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:37 0:00

Chet davlatlarda mehnat qilayotgan aksar muhojirlar oilalari, farzandlarining farovonligi - salomatligi va munosib ta’lim olishi, shuningdek, shaxsiy uy, kvartira yoki mashinaga ega bo‘lish, to‘y-marosimlarni o‘tkazish rejalari haqida gapirishadi.

Biroq, bu orzularni amalga oshirish uchun aksar muhojirlar uzoq yillar oilalaridan uzoqda bo‘lishga majbur.

Bu vaqt ichida ularning farzandlari voyaga yetadi, muhojirlikka ketgan ba’zi ota-onalar esa farzandlarini boshqa ko‘rmasliklari ham mumkin.

XS
SM
MD
LG