Sankt-Peterburgning Moskva tumanidagi qurilish maydonida 24 yoshli o‘zbekistonlik muhojir halok bo‘ldi. 3,5 metr balandlikdan qulagan migrant voqea joyida jon bergani aytilmoqda.
78.ru nashri xabariga ko‘ra, fojiaga ishchi tomonidan texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan.
Hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda, ish fojianing aniq sababini o‘rganishga harakat qilayotgan Tergov qo‘mitasi va Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilyapti.