Линклар

Шошилинч хабар
03 январ 2025, Тошкент вақти: 05:14

Senat a’zolari poyezd chiptasi qimmatlab ketganidan norozi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Oliy Majlis Senatining 30-sentyabr kungi yalpi majlisida temir yo‘l chiptalari qimmatlab ketgani holda xizmat sifati yaxshilanmagani tanqid qilindi.

“Temiryo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun muhokamasida so‘z olgan senator va olim Abdurahim Erkayev chipta narxi xolislik, halollik mezonlari asosida belgilanganini savol ostiga olgan.

Aholi ijtimoiy tarmoqlarda chipta narxlari xizmat ko‘rsatish sifatiga mos kelmaydi degan fikrlarni bildirmoqda. Demak, aholi ko‘rsatilayotgan xizmatdan norozi. Ikkinchidan, savol tug‘iladi, chipta narxlarini belgilashda xizmatlar narxi oshkora shaffof kalkulyatsiya qilinganmi, aholi bundan xabardormi?” deya transport mulozimlarini savolga tutgan Erkayev.

Senat a’zosi shu paytgacha poyezd chiptasi bahosi samolyotnikidan qimmat bo‘lmaganini urg‘ulab, monopol mavqedagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ asoslanmagan narxlar belgilayotganidan bahs etgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” joriy yil 20-yanvardan ichki qatnovdagi “Afrosiyob”, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlarining chipta narxini 20 foizga oshirdi.

Avvalroq “O‘zbekiston temir yo‘llari”da ishlovchi manba Ozodlikka “burnigacha qarzga botgan” kompaniyadagi muammolarning asosiy sababi tizimda avj olgan korrupsiya ekanini aytgandi.

Mamlakat temir yo‘llarida xizmat sifati pastligi va narx qimmatligini ham mahalliy blogerlar, ham xorijlik inflyuenserlar tanqid qilib keladi.

XS
SM
MD
LG