Линклар

 
Senat aybsizlik prezumpsiyasi haqidagi qonunni tasdiqladi
Шошилинч хабар
02 апрел 2025, Тошкент вақти: 23:37

Senat aybsizlik prezumpsiyasi haqidagi qonunni tasdiqladi


.O‘zbekiston Senati
.O‘zbekiston Senati

Oliy Majlis Senati 17-mart kuni yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilingani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalarni ma’qulladi.

Yuqori palata matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ushbu qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksi hamda “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emasligi va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi belgilanmoqda.

“Биз ватан хоини эмасмиз” - Сариосиёликлар Мирзиёевдан адолат кутмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:32:37 0:00



Shu bilan birga, agar shaxsning o‘z aybini tan olgani unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi haqida band kiritilmoqda.

Sud jarayonida ishtirok etayotgan guvoh o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi ko‘rsatma bermaslik huquqi ham joriy etilyapti.

Senatorlar ma’qullagan qonun hujjatida sudya vakolatiga va odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi hamda ularning hisobdor emasligi ham belgilangan.

XS
SM
MD
LG