Линклар

Шошилинч хабар
27 декабр 2024, Тошкент вақти: 07:14

Sevastopolda Rossiya qiruvchi uchog‘i dengizga quladi


Su-35 qiruvchi uchog‘i (illyustrativ surat)
Su-35 qiruvchi uchog‘i (illyustrativ surat)

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim yarimorolidagi Sevastopol shahrida harbiy uchoq dengizga qulagan. Bu haqda Sevastopolga gubernator etib tayinlangan Mixail Razvojayev Telegram tarmog‘idagi o‘z kanali orqali ma’lum qildi. Guvohlar tasvirga olgan videoyozuvlarga qaraganda, qulagan uchoq Su-35 yoki Su-27 bo‘lishi mumkin.

Uchoq qulashdan oldin havoda yonib ketgan. Razvojayevga ko‘ra, uchoq piloti qutqarilgan. Mahalliy suv transporti 20 daqiqaga harakatini to‘xtatgan.

Sevastopolda yashovchi rossiyalik harbiy bloger Boris Rojinning o‘z Telegram-kanalida iddao qilishicha, uchoq muhtamalan “do‘st o‘qi”ga nishon bo‘lgani uchun halokatga uchragan. Rossiya Mudofaa vazirligi va Ukraina Qurolli kuchlari hodisa yuzasidan hali izoh berganlaricha yo‘q. Uchoq halokatiga sabab bo‘lgan boshqa taxminlar orasida texnik nosozlik va dvigatelga qush kirgani kabilar aytilmoqda.

Bir o‘rindiqli Su-35 qiruvchisi Rossiya armiyasidagi eng zamonaviy uchoqlardan biri bo‘lib hisoblanadi. 2017-yildan buyon xizmatda bo‘lgan mazkur uchoqdan shu kunda Rossiya, Xitoy va Eron armiyalari foydalanib kelishadi.

Rossiyadagi qator manbalar dengizga qulagan uchoqning nisbatan eski bo‘lgan Su-27 qiruvchisi bo‘lganini iddao qilishmoqda. Bu ma’lumot ham hali rasman tasdiqlangan emas.

XS
SM
MD
LG