Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Shahrisabzda 14 yoshli qizni jinsiy qullikda saqlagan ayol qamaldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida voyaga yetmagan CH.T.ni 7 oy davomida turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan N.A. 7 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan.

Bolalar ombudsmani matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mazkur jinoyat ishi yopiq tarzda jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudida ko‘rib chiqilgan va 8-aprel kuni hukm chiqarilgan.

Jumladan, sudlanuvchi N.A. (ayol) JKning 135-moddasi 3-qismining “a,g” bandlari (Odam savdosi) hamda 127- moddasining 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi”, deyilgan Bolalar ombudsmani matbuot xizmati tomonidan 10-iyul kuni tarqatilgan xabarnomada.

Shuningdek, xabarnomada sudlanuvchilar A.F. (erkak) va SH.U. (erkak) JKning 118-moddasi 3-qismining “a” bandi (Nomusga tegish), 135-moddasi 3-qismining “a,g” bandlari (Odam savdosi), 127-moddasining 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan aybli deb topilib, ularga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilgani qayd etilgan.

Ayni paytda Bolalar ombudsmani sudlanuvchilar Shahrisabz tuman sudining bu hukmi yuzasidan apellyatsiya tartibida shikoyat berishgani, apellyatsiya tartibida mazkur shikoyatlarni ko‘rib chiqqan Qashqadaryo viloyati sudi esa birinchi instansiya sudi hukmini o‘zgarishsiz qoldirganini qo‘shimcha qilgan.

XS
SM
MD
LG