Линклар

 
Shaxmatchi Yoqubboyev Pragadagi Challengers bahsida g‘olib bo‘ldi
Шошилинч хабар
13 апрел 2025, Тошкент вақти: 09:03

Shaxmatchi Yoqubboyev Pragadagi Challengers bahsida g‘olib bo‘ldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev Prague International Chess Festival xalqaro musobaqasi bosqichida birinchilikni qo‘lga kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Joriy yilning 26-fevralidan 7-martigacha davom etgan shaxmat musobaqasida Nodirbek Yoqubboyev 7 ochko yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.

Festival uchta aylanma musobaqani – Masters (asosiy turnir), Challengers (asosiy turnir uchun saralash) va Futures (Challengers uchun saralash) kabilarni o‘z ichiga olgan. 10 kishilik Challengers guruhida o‘tkazilgan 9 ta partiyada Yoqubboyev 5 marta g‘alaba qozongan, 4 marta esa o‘yinni durang natija bilan yakunlagan.

Musobaqa yakunida Nodirbek Yoqubboyev o‘zi singari 7 ochko jamg‘argan Yonas Byul Berre bilan bahs yuritib, ikkinchi partiyada tay-brekda raqibini mag‘lub qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Musobaqadagi bu g‘oliblik Yoqubboyev uchun keyingi yilgi festivalda Masters guruhida dona surishga yo‘l ochgan.

XS
SM
MD
LG