Линклар

Шошилинч хабар
18 октябр 2024, Тошкент вақти: 15:15

Sirdaryoda 1-sinf o‘quvchisiga nisbatan zo‘ravonlik holati o‘rganilmoqda


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Sirdaryo viloyatining shu nomli tumanida maktabda bolaga nisbatan zo‘ravonlik holati sodir bo‘lgan.

“Gazeta.uz” nashri xabariga ko‘ra, 27-maktab o‘qituvchisi 1-sinfda o‘qiyotgan yetti yoshli qizning qo‘liga igna sanchgan va uning hojatxonaga chiqishiga ruxsat bermay, sinf eshigini qulflab qo‘ygan.

Qizning otasi bunga qo‘shimcha darslar uchun 50 ming so‘m to‘lashdan bosh tortgani sabab bo‘lganini aytgan.

Bolalar ombudsmani vaziyat o‘rganilayotgani, IIB tomonidan o‘qituvchining xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlanganini ma’lum qilgan.

Мактаблардаги зўравонлик: "Ўқитувчи 10 яшар боламни аёвсиз калтаклади"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:17 0:00

Jarohat darajasini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Maktablarda pedagoglarning o‘quvchilarga nisbatan kuch ishlatishi holati ko‘paygani aytiladi.

2024-yil may oyida Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab direktori ro‘molini yechishdan bosh tortgan 7-sinf o‘quvchisini kaltaklagan.

2024-yil fevral oyida Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 36-sonli maktab o‘qituvchisi birinchi sinf o‘quvchilarini urib haqoratlagan.

2023-yil noyabr oyida Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 217-maktab direktori o‘quvchilarni kaltaklagan.

XS
SM
MD
LG