Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:27

Sirdaryoda sobiq IIB xodimi umrbod qamaldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tuman sudi uch kishini o‘ldirishda aybdor deb topilgan sobiq IIB xodimi Muxtor Sharofboyevga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

“Kun.uz” nashri yozishicha, 1989-yilda tug‘ilgan Muxtor Sharofboyev oilali bo‘lishiga qaramay, 2017-yil kuz faslidan fuqaro E.Qamarova bilan birga yashab kelgan.

2024-yil 26-aprel kuni soat 23:00 larda Sharofboyev Qamarovaning yashash uyiga borgan. Erkak va ayol jinsiy aloqadan so‘ng tortishib qolgan. Erkak xonada stul ustida turgan o‘tkir tig‘li pilka (tirnoq tekislaydigan moslama) bilan ayolning bo‘yin, jag‘ va peshonasiga bir necha marotaba urgan. Buning oqibatida ayol voqea joyida vafot etgan.

Sharofboyev shovqindan uyg‘onib xonaga kirgan Qamarovaning voyaga yetmagan farzandi va keksa yoshdagi onasini ham bo‘g‘ib o‘ldirgan. Qotillik qurbonlari – ayol 39, o‘g‘il 12 va ona 73 yoshda bo‘lgan.

Sud hujjatlariga ko‘ra, erkak jinoyat izini yo‘q qilish maqsadida marhumlar murdasi yotgan xonalarni yoqib yuborgan.

Muxtor Sharofboyev 2022-yil yanvar oyidan Sirdaryo viloyat IIB JXX JTSB maxsus qabulxona navbatchilik qismi inspektori lavozimida ishlab kelgan. 2023-yil dekabr oyida o‘z arizasiga asosan lavozimidan ozod qilingani aytilgan.

XS
SM
MD
LG