Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 10:21

Slovakiya bosh vaziri suiqasd chog‘ida yaralandi


Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso o‘ziga qarshi uyushtirilgan suiqasd chog‘ida yaralandi. U Gandlova shahrida o‘tkazilgan hukumatning ko‘chma majlisidan keyin o‘qqa tutilgan, deya xabar qildi Denník N gazetasi. Pravda gazetasining yozishicha, u Bratislavadagi kasalxonaga olib ketilgan, ikki shahar orasidagi masofa taqriban 170 kilometrcha keladi.

Denník N muxbiri voqea joyiga yaqin yerda bo‘lgan. U suiqasd onini ko‘rgan emas, biroq o‘q ovozlarini eshitgan. Keyin u qo‘riqchilar bosh vazirni ko‘tarib, mashinaga solib, olib ketishganini ko‘rgan.

Fitsoga suiqasdda gumonlangan shaxsning qo‘lga olinishi
Fitsoga suiqasdda gumonlangan shaxsning qo‘lga olinishi

59 yoshli bosh vazir o‘qqa nishon bo‘lishdan avval uni olqishlash uchun chiqqan odamlarning yoniga borgan edi, deyishgan voqea guvohlari. Pravda nashri gumonlanuvchi o‘q otilishidan avval: “Robo, bu yoqqa kel!” deb qichqirgani haqida yozgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh vazirning ahvoli og‘ir, u ikki-uchta o‘q yegan bo‘lishi mumkin.

Suiqasddan so‘ng Slovakiya parlamentining yalpi majlisi to‘xtatilgan. Muxolifatchilar doxil siyosiy partiyalar vakillari OAVda yarador bosh vazirga qo‘llov bildirishmoqda.

Fitso o‘z partiyasi parlament saylovida g‘olib chiqqani ortidan o‘tgan yil oktyabrida bosh vazirlikka tayinlangan edi. Mazkur partiya yevroskeptikcha va millatchilik pozitsiyasiga ega bo‘lib, saylov oldidan Ukrainaga harbiy yordam cheklanishi va migratsion nazorat keskin kuchaytirilishini yoqlab chiqqan.

XS
SM
MD
LG