Линклар

 
17000000000 so‘mlik yo‘l loyihalari sifatsiz bajarilgan
Шошилинч хабар
13 апрел 2025, Тошкент вақти: 04:53

17000000000 so‘mlik yo‘l loyihalari sifatsiz bajarilgan


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekistonda 2024-yil davomida yo‘l-qurilish sohasida 242 ta obyektda qariyb 17 milliard so‘mlik sifatsiz ishlar bajarilgani aniqlandi.

Daryo.uz nashrining Transport nazorati inspeksiyasi matbuot xizmatiga tayangan holda yozishicha, inspeksiya tomonidan o‘tgan yili yo‘l-qurilish ishlarini nazorat qilish yo‘nalishi bo‘yicha 1785 ta obyektda 2625 ta nazorat ishlari o‘tkazilgan.

Tekshiruvlarda 7 mingdan (qurilish – 774 ta, rekonstruksiya – 1182 ta, ta’mirlash – 4476 ta, qazish – 577 ta) ortiq qoidabuzarlik aniqlangan va ularni bartaraf etish bo‘yicha jami 2418 ta buyurtmachi, pudratchi va qazish ishlarini bajaruvchilarga majburiy ko‘rsatmalar berilgan.

Qonunchilik talablarini buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99 (shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) va 147 (yo‘llarga, yo‘l inshootlariga, yo‘l harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish, ularni saqlash qoidalarini buzish, yo‘l harakatini tashkil etish talablarini bajarmaslik) moddalariga asosan jami 450 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborilgan.

O‘zbekistonda yo‘l qurilishi va ta’mirida ishlarning sifatsiz, xo‘jako‘rsin uchun bajarilishi chuqur ildiz otgan muammo ekani aytiladi.

Avvalroq Ozodlik suhbatlashgan mutaxassislar yo‘lsozlikni “korrupsiya botqog‘iga botgan” soha deya ta’riflashgan edi.

XS
SM
MD
LG