Линклар

 
Sobiq deputat Qobul Do‘sovning jazo muddati uzaytirildi
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 07:39

Sobiq deputat Qobul Do‘sovning jazo muddati uzaytirildi


Qobul Do‘sov.
Qobul Do‘sov.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati Arnasoy tumani sudi 24-fevral kuni jamoatchilik faoli va sobiq deputat Qobul Do‘sovni 1 yil-u 2 oyga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi. Sud hukmiga muvofiq, Do‘sov jazoni manzil-koloniyada o‘taydigan bo‘ldi.

Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, Qobul Do‘sov Jizzax viloyatida istiqomat qilgan 5 nafar shaxsga tuhmat qilish va ularni haqoratlashda ayblangan.

Sud majlislarida Qobul Do‘sov uchta epizod bo‘yicha oqlangan va ikki epizodda 4 kishini haqorat qilishda aybdor deb topilgan. U O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “a” bandi va 140-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 59-moddasi, 59-moddasi 8-qismi va 61-moddasi tartibida uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Avvalroq davlat ayblovchisi Do‘sovni 3 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan edi.

Sud kotibiga ko‘ra, Qobul Do‘sov Toshkent shahar Chilonzor tumani sudi tomonidan belgilangan bir yillik ozodlikni cheklash qoidalarini buzib, shu yilning 25-yanvarida manzil koloniyaga yuborilgandi.

XS
SM
MD
LG