Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2024, Тошкент вақти: 20:11

Soliq qo‘mitasi kartadan kartaga o‘tgan pullarni tekshirishi mumkin


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Markaziy bank va Soliq qo‘mitasi shubhali p2p o‘tkazmalari (kartadan kartaga o‘tkazmalar) bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvini boshlashi mumkin, deya xabar qildi “Gazeta.uz”.

Nashr bu xulosaga mamlakat prezidentining hali jamoatchilik muhokamasiga olib chiqilmagan “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasini o‘rganib chiqish asnosida kelgan.

Qaror loyihasiga muvofiq, jismoniy shaxslarning tovarlar va xizmatlar uchun kartadan kartaga to‘lovlarini “tartibga solish” maqsadida Markaziy bank va Soliq qo‘mitasiga ikki oy muddatda, agar ma’lum chegaradan oshib ketsa, shu turdagi operatsiyalar bo‘yicha o‘zaro ma’lumot almashish to‘g‘risida memorandum imzolash taklif qilinyapti.

Nashr jismoniy shaxslar uchun limit yiliga 100 million so‘m, tadbirkorlar uchun esa yiliga 500 million so‘m qilib belgilanishi mumkinligiga e’tibor qaratgan.

Xavfsiz kanallar orqali o‘zaro ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan tizimni 10-iyulgacha yaratish rejalashtirilgan. U ma’lumotni qayta ishlashi va xavflarni aniqlashi kerak”, deyilgan xabarda.

O‘zbekistonda kartadan kartaga o‘tkaziladigan pullarni tekshirish vakolatini olishga urinish avval ham kuzatilgan edi. Xususan, Soliq qo‘mitasi tomonidan 2020-yil aprelida taklif qilgan qaror loyihasida jismoniy shaxslarning barcha kartalariga 30 million so‘mdan ortiq mablag‘ tushsa va p2p tranzaksiyalari soni 10 tadan oshsa, banklar bu haqda soliq organlarini xabardor qilishi tartibini joriy etish ko‘zda tutilgan edi.

XS
SM
MD
LG