Линклар

Шошилинч хабар
15 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:05

Soliq qo‘mitasi "lozim darajada ehtiyotkorlik" qilmagan korxonalardan QQS talab qilmoqda (VIDEO)


Davlat soliq qo‘mitasi
Davlat soliq qo‘mitasi

15 - fevral, ertalab o‘nlab tadbirkorlar Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi oldida yig‘ilib, qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS) va boshqa soliqlarni to‘lamagan savdo korxonalari bilan hamkorlik qilganlardan QQS hisobini qayta hisoblashni talab qilayotganidan norozilik bildirdi.

Bu haqda Ozodlikka xabar qilgan tadbirkorlarga ko‘ra, tadbirkorlar 16 - fevralda Davlat soliq qo‘mitasiga ham bormoqchi.

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni o‘z hamkorlari bilan “lozim darajada ehtiyotkorlik" qilmaganlikda ayblamoqda.

Tadbirkorlarning aytishicha, joriy yil boshida kiritilgan bu me’yor o‘tgan yil uchun qo‘llanmoqda.

Oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, elektron texnika va boshqa shu kabi tovarlar bilan savdo qiluvchi tadbirkorlarning Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi oldida 15 - fevral kuni yig‘ilgani aks etgan qisqa videoda ulardan biri “ishchilarning oyligini, soliqlarni zo‘rg‘a to‘lab turgan paytimizda bular 2021 - yilda chiqqan soliq servisni vaj qilib 2020 uchun ham urishyapti”, deydi.

ТАДБИРКОРЛАР ТОШКЕНТ ШАҲАР СОЛИҚ ҚЎМИТАСИ БИНОСИ ОЛДИДА ИККИНЧИ МАРТА ҚҚС ТЎЛАШГА МАЖБУРЛАНАЁТГАНИДАН НОРОЗИЛИК БИЛДИРМОҚДА
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:22 0:00
Бевосита линк

Qisqa videodagi bu gap nima haqda ekanligini, tadbirkorlarning Telegram kanalida qoldirilgan mana bu yozuvdan tushunish mumkin:

“Hozirda O‘zbekistonning barcha viloyatlari bo‘ylab QQS bo‘yicha guvohnomasi bekor kilingan korxonalar bilan ish yuritgan tadbirkorlardan hisobga olgan QQS summalarini soliq organi tomonidan qaror asosida bekor qilib, korxonaning shaxsiy varaqasiga QQS bo‘yicha qo‘shimcha soliq hisoblashlari amaliyoti kuzatilmoqda”.

15 - fevralda Toshkent shahar soliq boshqarmasiga borgan tadbirkorlardan biri Ozodlikka mana bunday dedi:

“Soliq qo‘mitasidan men va menga o‘xshagan minglab tadbirkor talabnoma oldi. O‘sha talabnomaga asoslanib soliq qo‘mitasi bizning bank hisobimizni inkassaga qo‘yib qo‘yishyapti va tushgan pulni yechib olishyapti. Hisobimizdagi bor pulimizni bugun yechib olishdi. Ertadan boshlab tushadigan pullarni ham yechishni boshlashadi. Bundan kelib chiqadiki, biz hamkorlarimiz oldidagi shartlarni bajara olmay qolamiz, ishimiz to‘xtab qoladi”.

Ozodlik ixtiyorida tadbirkorlardan biriga Soliq boshqarmasidan kelgan talabnoma nusxasi mavjud. Faqat mutaxassislargina tushunishi mumkin bo‘lgani va tadbirkor tanilib qolishi mumkinligi uchun e’lon qilinmayotgan xatda bir necha yuz million so‘mlik soliqlar ustida gap boradi.

Hujjatda talabnomani olgan tadbirkor o‘zining kontragenti (hamkori) bilan muomalaga kirishayotganda "yetarli darajada ehtiyotkorlik qilmagani" iddao qilingan.

Xuddi shunday gap 15 - fevralda tadbirkorlar oldiga chiqqan soliq boshqarmasi mulozimi tomonidan aytilgani yana bir videoda aks etgan.

ТАДБИРКОРЛАР ТОШКЕНТ ШАҲАР СОЛИҚ ҚЎМИТАСИ БИНОСИ ОЛДИДА ИККИНЧИ МАРТА ҚҚС ТЎЛАШГА МАЖБУРЛАНАЁТГАНИДАН НОРОЗИЛИК БИЛДИРМОҚДА
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:28 0:00

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatining ikki xodimi Ozodlikning vaziyat yuzasidan savollarini javobsiz qoldirdi. Toshkent shahar soliq boshqarmasi bilan bog‘lanishning iloji bo‘lmadi.

Tadbirkorlarning Telegram kanalida videomurojaatini joylagan bir tadbirkor Soliq qo‘mitasining talablarini noqonuniy deb iddao qilarkan, o‘z hamkasblarini yordam so‘rab, Biznes ombudsmanga murojaat qilishga chaqirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil - Biznes ombudsmanning Toshkent shahridagi vakolatxonasi xodimi Ozodlik savolini eshitayotib, aloqani uzib qo‘ydi.

Tadbirkorlarning Telegram kanalida o‘zini “soliq maslahatchisi” sifatida taqdim etgan yuzer mana bunday yozdi:

“Soliq maslahatchisi sifatida Soliq organining bu talabini noqonuniy deb hisoblaymiz. Chunki Soliq kodeksining 15-moddasi uchinchi qismida "Soliq organlari soliq to‘lovchilarga kontragentlarning soliq organlarida soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi axborotdan, shuningdek boshqa axborotdan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda foydalanish imkoniyatini beradi." deyilgan.

Soliq kodeksining 15- moddasi
Soliq kodeksining 15- moddasi

Bu mojaroda kim haqu kim nohaq?

Bu savolni O‘zbekiston hukumatining sobiq mulozimi, iqtisodchi olim Saparboy Jubaevga berdik. Vaziyatga doir hujjatlar bilan tanishib chiqqach, olim bunday dedi:

“Soliq idorasining tadbirkorga xati bilan tanishib chiqdim. Idora “lozim darajada ehtiyotkorlik” haqida aytyapti. Bu bir kunlik yoki sun’iy firmalar bilan muomaladan ehtiyot bo‘lish degani. Nima bo‘lganda ham qo‘shimcha qiymat solig‘i yoki boshqa soliqlar to‘lovlarini amalga oshirmagan kontragent korxona bilan hamkorlik qilganlar, tekshiruv natijalariga ko‘ra, QQSni to‘lab qo‘yishiga to‘g‘ri keladi. To‘lamaslikka kontragentlarning QQS to‘lovchilar ro‘yxatidan chiqarilgani asos bo‘la olmaydi. Bu xatdan men kelgan fikr shuki, hamma QQS to‘lamaganlar, vaqtni o‘tkazmay, uni to‘lashi kerak”.

Biroq “soliq maslahatchisi” iqtisodchi olim bilan g‘oyibona bahsga kirishar ekan, bunday yozadi:

“Davlat soliq idoralari talab qilayotgan davrda soliq organining o‘zida lozim darajada extiyotkorlik uchun axborot olish manbasi mavjud bo‘lmagan. Aniqrog‘i, korxonalarning faqatgina soliq organlarida soliq to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yilganligini aniqlash imkoni bo‘lgan xolos.

O‘z navbatida siz ishlagan korxonalar siz bilan ishlagan davrda QQS to‘lovchisi ekanligi va QQS bo‘yicha DSIdan berilgan kodi aktiv holatda turganligi "Lozim darajada ehtiyotkorlik" hisoblanadi. Shuning uchun ham Soliq organining bu talabini noqonuniy deb hisoblaymiz.

Soliq kodeksining 15-moddasida belgilangan axborot olish manbasi faqatgina DSQda 2021 - yil, 6 - yanvarda shakllantirilgan bo‘lsada, soliq organlari "Lozim darajada ehtiyotkorlik" talabini o‘tgan davr uchun qo‘llashmokda. Bu bo‘yicha Davlat soliq idorasining (DSQning) qarori ustidan sudga shioyat berish ishingizni ijobiy hal qilish uchun yagona yo‘l hisoblanadi”, deyilgan o‘zini “soliq maslahatchisi” sifatida taqdim etgan yuzerning postida.

2020 - yil boshidan buyon soliq to‘lovchilarga jami 4 trillion 544 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ qaytarilgani to‘g‘risida Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati o‘tgan yilning oktabrida ma’lum qilgan edi.

Qayd etilishicha, 2020 - yilning dastlabki 9 oyida DSQ organlariga umumiy qiymati 7,7 trillion so‘mdan oshadigan 6 295 ta ariza kelib tushgan. Shundan 2 773 ta hujjat qanoatlantirilib, Moliya vazirligiga yuborilgan hamda soliq to‘lovchilarga 4,5 trillion so‘mdan ko‘proq pul qaytarilgan.

Xabarnomada qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha miqdorini qoplash tizimi soddalashtirilgani ham qo‘shimcha qilingan.

Yil boshidan QQS summasini qoplash (qaytarish) faqat alohida toifaga kiruvchi soliq to‘lovchilarga qo‘llanilgan bo‘lsa, Vazirlar Mahkamasining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda chet el yuridik shaxslari bilan bog‘liq soliq ma’murchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (14.08.2020 y.) qaroriga muvofiq shartlar va tartib soddalashtirildi va QQS to‘lovchisi bo‘lgan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qo‘llanilmoqda”, deyilgan edi DSQ xabarnomasida.

XS
SM
MD
LG