Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Sud Germaniyadagi villalarning Usmonovga nisbat berilishini taqiqladi


Alisher Usmonov (arxiv surati)
Alisher Usmonov (arxiv surati)

Hamburgdagi sud Tegernseer Stimme gazetasiga USM Holdings shirkati asoschisi, asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov Bavariyadagi villa egasi ekani haqida ma’lumot tarqatishni taqiqlash haqida qaror chiqardi. Mazkur qaror 10-iyun kuni qabul qilingan.

Taqiq buzilishiga oid har bir holat uchun sud nashrga 250 ming yevrogacha jarima soladi. Bu jarimani to‘lay olmagan taqdirda, javobgar har bir huquqbuzarlik holati uchun olti oygacha ma’muriy qamoqqa tortilishi mumkin.

Usmonovning advokatlari 2017-yildagi maqola uchun gazetani sudga berishgan. O‘sha maqolada tadbirkor “gap-so‘zlarga ko‘ra” Tegernze ko‘li yaqinidagi “ulkan villaga qariyb bir yil davomida egalik qilgan”i iddao qilingan.

2024-yil yanvarida Hamburg sudi Alisher Usmonovning Forbes jurnaliga qarshi kiritgan da’vo arizasini qanoatlantirgan. Nashr tomonidan yoyinlangan anonim ekspertning tadbirkor Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “gumashtasi o‘laroq faoliyat olib borgan”iga oid so‘zlari ishonchsiz deb topilgan. Forbes jurnalining Alisher Usmonov “Myunxenda ko‘chmas mulkka ega”ligiga oid iddaosi bo‘yicha ham sud xuddi shunday qaror chiqargan. Sud nashrga haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan iddaolarni yoyinlashni taqiqlab, taqiq buzilgan taqdirda 250 ming yevrogacha jarima bilan tahdid qilgan.

2023-yil avgustida Alisher Usmonov Avstriyaning Kurier gazetasiga qarshi sudda yutib chiqqan edi. Da’vo arizasi kiritilishiga nashrning tadbirkor haqida Vladimir Putinning “sevikli oligarxi obro‘-e’tiboridan foydalanmoqda” deb yozgani sabab bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG