Sudanda Il-76 yuk uchog‘i urib tushirilgan, mahalliy kanallar xabariga ko‘ra, uning bortida rossiyaliklar bo‘lgan.
Ulardan birining ismi ham aytilmoqda – bu Airline Transport Incorparation FZC shirkati bosh muhandisi Viktor Granovdir. Taxminlarga ko‘ra, Granov bilan birga uchoq bortida uning bir necha hamkasbi bo‘lgan.
Rossiyaning Sudandagi elchixonasi bu ma’lumotni hali tasdiqlagani yo‘q, biroq uni rad ham etmagan. Elchixona vakillari aviahalokat fuqarolik urushi mintaqasi bo‘lgan Darfurda sodir bo‘lgani uchun “holatga aniqlik kiritish qiyinlashgan”ini ta’kidlashgan.
O‘z navbatida, mamlakatda jangovar harakatlar ma’lumotlarini yoyinlab boruvchi Sudan War Monitor loyihasi Il-76 uchog‘i “Tezkor javob kuchlari” (RSF) qurolli tashkiloti jangchilari tomonidan xatolik bilan urib tushirilganini iddao qilmoqda: aytilishicha, uchoq bortidagi yuk go‘yo RSFning o‘ziga olib ketilayotgan bo‘lgan.