Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:22

Sudyalar har chorakda jamoatchilik oldida hisob berishadi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekistonda sud raislari zimmasiga har uch oyda bir marta ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikni o‘z faoliyati haqida xabardor qilib borish vazifasi yuklandi.

Bu tartib mamlakat prezidenti tomonidan shu yil 14-avgustida imzolagan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlarini mustahkamlashga, sudlar faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilishga hamda yagona sud amaliyotini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda ko‘zda tutilgan.

Hujjatda Xalq deputatlari kengashlari bundan buyon sud raislarini sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini sud yo‘li bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitmasligi, bunga oid hisobot bilvosita jamoatchilikka berilishi qayd etilgan.

Norma axborot-huquqiy portali mazkur qonun bilan joriy etilayotgan boshqa bir jihatga – sudyani qamoqqa olish shartlari o‘zgarayotganiga e’tibor qaratgan.

Ilgari sudyaga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi faqat unga nisbatan o‘ta og‘ir jinoyat yoki odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan boshqa jinoyat sodir etganlikda ayb qo‘yilgan hollarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ushbu ehtiyot chorasini sudya tomonidan og‘ir jinoyat sodir etilganda ham qo‘llash mumkin”, deyilgan portal sharhida.

XS
SM
MD
LG