Линклар

 
Suriyada Asad tarafdorlari politsiyaga hujum uyushtirdi
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 07:39

Suriyada Asad tarafdorlari politsiyaga hujum uyushtirdi


Latakiyaga yo‘l olgan Suriya harbiylari. 6-mart, 2025-yil.
Latakiyaga yo‘l olgan Suriya harbiylari. 6-mart, 2025-yil.

Suriyaning Latakiya viloyatida sobiq prezident Bashar Asad tarafdorlari politsiya patrullariga hujum uyushtirdi. Kamida 13 politsiyachi halok bo‘lib, bir necha kishi yaralangani haqida Associated Press mahalliy hokimiyatga tayanib xabar berdi.

Londonda joylashgan Suriya inson huquqlarini kuzatish markazi ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida 16 politsiyachi, 28 Asad tarafdori va 3 oddiy fuqaro halok bo‘lgan.

Latakiya umumiy xavfsizlik departamenti direktori Mustafa Knefatining ma’lumot berishicha, Asad tarafdorlari Jabla shahri yaqinidagi bir necha nazorat punktlariga hujum qilgan. Knevati ko‘plab askarlar halok bo‘lganini aytdi, ammo aniq raqamlar keltirmadi.

Suriyaning Sana agentligining xabar berishicha, Latakiya va Tartus shaharlarida komendantlik soati joriy qilingan. Politsiya shahar va qishloqlarda Asad tarafdorlarini qidirish bo‘yicha "keng ko‘lamli tekshiruvlar" o‘tkazmoqda. Mahalliy aholiga uylaridan chiqmaslik va "shubhali harakatlar" haqida xabar berish tavsiya etilgan. Tartusga harbiylar kiritilgan.

2024-yilning dekabr oyi boshlarida “Hay’at Tahrir ash-Shom” boshchiligidagi aksilhukumat guruhlari Asad nazorati ostidagi qo‘shinlar mavqelariga hujum boshlashgan va poytaxt Damashqni o‘z nazoratlari ostiga olishgan. Asad Rossiyaga qochgan.

XS
SM
MD
LG