Линклар

 
Suriyada Asad tarafdorlariga qarshi amaliyot tugagani ochiqlandi
Шошилинч хабар
06 апрел 2025, Тошкент вақти: 09:07

Suriyada Asad tarafdorlariga qarshi amaliyot tugagani ochiqlandi


Suriyadagi Halab shahri chekkasi, 2025-yil 7-marti
Suriyadagi Halab shahri chekkasi, 2025-yil 7-marti

Suriyaning amaldagi rasmiylari ag‘darilgan prezident Bashar Asad tarafdorlariga qarshi harbiy amaliyot yakunlangani haqida e’lon qilishdi, deya xabar qildi Reuters agentligi.

Avvalroq Suriya hukumati G‘arbning Asad mansub bo‘lgan ozchilik vakillari bo‘lmish alaviylarning ommaviy qatl etilishida aybdor bo‘lganlarni javobgarlikka tortish talabi bilan to‘qnash kelgan.

Qarorgohi Londonda bo‘lgan Suriyada inson huquqlariga rioya qilishi ustidan monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, 9-martga kelib mingga yaqin tinch aholi vakili, Asad bilan bog‘liq bo‘lgan qurolli guruhlarning 250 dan ziyod jangarisi va yangi rejim xavfsizlik kuchlarining 230 dan ortiq xodimi halok bo‘lgan.

Suriya Mudofaa vazirligi maxsus xizmatlar Asad rejimining Latakiya va Tartus viloyatlaridagi qoldiqlarini yo‘q qilishgani haqida bayonot tarqatgan.

Suriyaning amaldagi rahbari hamda “Hay’at Tahrir ash-Shom” (AQSH, YI, Rossiya va qator mamlakatlarda terror tashkiloti deb tan olingan) guruhi lideri Ahmad ash-Sharaa Reuters agentligiga bergan intervyusida alaviylarning qatl etilishida Asad tarafdorlari va qandaydir xorijiy davlatni ayblab chiqqan.

Ash-Sharaa sodir bo‘layotgan voqealarni mamlakat yaxlitligi uchun tahdid deb atab, o‘z ittifoqchilari doxil aybdorlarni jazolashga so‘z bergan. Suriya lideri AQSHni Asad davrida Damashqqa nisbatan kiritilgan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirgan. Ash-Sharaaga ko‘ra, cheklovlar sharoitida mamlakat o‘z xavfsizligini ta’minlay olmaydi.

Bundan tashqari, Suriya rahbari Tartusda Rossiya harbiy-dengiz bazasini hamda Latakiyada Xmeymim havo bazasini joylashtirish bo‘yicha Moskva bilan muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi.

Shuningdek, ash-Sharaa fuqarolar urushi davrida AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsi tarafida Asad rejimiga qarshi urush olib borgan suriyalik kurdlar bilan ixtiloflarni bartaraf qilish niyatida ekanini bildirdi.

Dushanba kuni “Suriya demokratik kuchlari” qo‘mondoni Mazlum Abdi va ash-Sharaa kurd guruhlarining Suriya harbiy va fuqaroviy institutlariga integratsiya qilinishini ko‘zda tutuvchi shartnomani imzolagani ma’lum bo‘lgan.

Bashar Asad rejimi o‘tgan yilning dekabr oyida qulagan. Natijada “Hay’at Tahrir ash-Shom” guruhi hokimiyat tepasiga kelgan. Asad oilasi bilan Rossiyaga qochib ketgan va o‘sha yerdan siyosiy boshpana olgan.

XS
SM
MD
LG