Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 00:48

Suriyaga jihodga ketgan andijonlik yigit qidiruvga berildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

O‘zbekistonning Andijon viloyatida Suriyaga jihodga ketgan yigit xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ichki ishlar boshqarmasi videoroligida qayd etilishicha, 26 yoshli Ibrohim Muhiddinov pul topish maqsadida 2018-yili Turkiyaga yo‘l olgan. U yerda andijonlik yigit, IIB iddaosiga ko‘ra, “Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar va boshqa terroristik tashkilotlar targ‘ibotchilari ta’siriga tushgan”.

Muhiddinov 2019-yili Turkiyadan Suriyaga o‘tib, “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti safiga qo‘shilgan.

Andijonlik huquq-tartibotchilar o‘tkazgan tezkor tadbir ortidan Ibrohim Muhiddinovga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 155-moddasi (terrorizm), 155-2-moddasi (terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish, chiqish yoki harakatlanish) va 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u xalqaro qidiruvga berilgan.

XS
SM
MD
LG