Линклар

Шошилинч хабар
02 ноябр 2024, Тошкент вақти: 16:20

Taniqli inson huquqlari faoli Surat Ikromov olamdan o‘tdi (VIDEO)


Surat Ikromov, Ozodlikka bergan so‘nggi intervyusi chog‘ida, sentabr, 2020
Surat Ikromov, Ozodlikka bergan so‘nggi intervyusi chog‘ida, sentabr, 2020

3 - may kuni Toshkentda Mustaqil inson huquqlari himoyachilari Tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov 76 yoshida olamdan o‘tdi.

Oilasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, faol fevral oyida buyon og‘ir xasta edi, uning o‘limiga surunkali o‘pka yallig‘lanishi, qandli diabet va prostata saratoni sabab bo‘lgan.

Marhum 3 - may kuni, Toshkent vaqti bilan soat 14 da Minor qabristoniga dafn etildi.

Таниқли инсон ҳуқуқлари фаоли Сурат Икромов оламдан ўтди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:23 0:00
Бевосита линк

2002 - yilda O‘zbekiston Mustaqil inson huquqlari himoyachilari tashabbus guruhiga asos solgan Surat Ikromov Islom Karimov boshqaruvi davrida inson huquqlari buzilishini hujjatlashtirgan kam sonli faollardan bo‘ldi.

Xususan, diniy-siyosiy ayblar bilan qamalganlar bilan bog‘liq tergov va mahkama jarayonlariga doir Surat Ikromov taqdim etgan ma’lumotlar xalqaro inson huquqlari tashkilotlari, BMT hamda AQSh davlat departamentining yillik hisobotlaridan o‘rin olgan.

Ikromov, Karimov vafotidan so‘ng hokimiyatga kelgan Shavkat Mirziyoyev prezidentligi paytida ham faoliyatini davom ettirdi.

Karimov davrida uzoq yillar hibsda qolib, Mirziyoyev davrida avvaliga oqlangan, ammo so‘ngra yana qayta hibsga olingan mahkumlar huquqlarini himoya qildi.

Сурат Икромов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:59 0:00
Бевосита линк

Huquq faoli yillar davomida yaqinlari uning tashkilotiga murojaat qilgan va hujjatlari uning shaxsiy arxivida saqlanayotgan 10 mingga yaqin mahkum borligi haqida ma’lum qilgandi.

Faol faoliyati davomida O‘zbekistonda mavjuda qamoqxonalar, ulardagi mahbuslarning rasmiy va norasmiy soni, qamoqxonalardagi sharoit, mahkumlarga nisbatan noqonuniy munosabatlar haqida muttasil jamoatchilikka ma’lumot berib keldi.

Asli kasbi muhandis bo‘lgan Surat Ikromov inson huquqlari bilan 2000-yillar boshidan shug‘ullanishni boshlagan.

Toshkentdagi xususiy poligrafiya biznesi davlat korxonasi tomonidan olib qo‘yilgan Ikromov uzoq vaqt sud idoralariga murojaat qilib kelgan.

Adolat topolmagan tadbirkor avvaliga mahalliy huquq faollariga murojaat qiladi, keyinroq ulardan biriga aylanadi.

2003 - yilda Surat Ikromov Toshkentda noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, qattiq do‘pposlanadi. Hushidan ketgan va boshiga yelim qop kiydirilgan holda Toshkent chetiga tashlab ketilgan Ikromovga hujumni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tekshirgan, ammo hujumchilar topilmagan.

Surat Ikromov 2005 - yil mayidagi Andijon qirg‘ini ortidan mamlakatda qolib faoliyatini davom ettirgan kam sonli huquq faollaridan biri bo‘ldi.

U Andijonda namoyishchilarning hukumat kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishini Karimov rejimi sodir etgan "eng jirkanch jinoyatlardan biri" deb atagan va aybdorlarni jazolashga chaqirgan.

Yaqinlariga ko‘ra, huquq faolining janozasi 3 - may kuni soat 14.00 da Toshkentning Qorasaroy mahallasidagi xonadonida o‘qildi va Minor qabristonida tuproqqa berildi.

Sur’at Ikromov “Ozodlik” radiosi o‘zbek xizmatining yaqin hamkorlaridan edi. Ozodlik tahririyati marhumning yaqinlari va safdoshlariga o‘z hamdardligini izhor etadi.

XS
SM
MD
LG