Линклар

 
TEMU ro‘yxatdan o‘tguncha bo‘lgan davr uchun soliq to‘lashi kerak - ILMA
Шошилинч хабар
03 апрел 2025, Тошкент вақти: 00:17

TEMU ro‘yxatdan o‘tguncha bo‘lgan davr uchun soliq to‘lashi kerak - ILMA


Xitoyning Temu marketpleysi yuridik shaxs – O‘zbekiston rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tdi, deb ma’lum qildi Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.


Bir qator qonun hujjatlari talablariga rioya etmayotgani vajidan joriy yil 20-martdan e’tiboran O‘zbekistonda Temu platformasidan foydalanish cheklanishi e’lon qilingandi.

Soliq qo‘mitasi axborotidan anglashilishicha, platformaning ro‘yxatdan o‘tishi uning faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilishini anglatmaydi.

“Biroq o‘tgan davrlar uchun marketpleys bilan muhokama qilinadigan masalalar mavjud. Hozirda muzokaralar olib borilmoqda. Ushbu jarayon yakuniga yetkazilib, uning faoliyati yuzasidan yakuniy xulosa e’lon qilinadi”, deyiladi qo‘mita xabarnomasida.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) elektron tijorat bo‘limi boshlig‘i Kamronbek Muhammadiyevning Gazeta.uz nashriga bildirishicha, kompaniyani yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uning mamlakatda faoliyatini davom ettirishi uchun zarur bo‘lgan qadamlardan biri, xolos.

“Temu yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazdi, ammo bu uni qonunning boshqa majburiy talablarini bajarishdan ozod etmaydi. Xususan, kompaniya ro‘yxatdan o‘tishgacha bo‘lgan davr uchun soliq to‘lashi va fiskalizatsiyadan o‘tishi – fiskal cheklarni berish uchun Coliq qo‘mitasining axborot tizimlari bilan integratsiyalashishi kerak”, deya tushuntirgan ILMA vakili.

ILMA avvalroq Temu O‘zbekistonda soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish va yuridik shaxs ochishdan bosh tortganini da’vo qilgan edi.

So‘nggi vaqtlarda Temu internet do‘koni asosan Xitoyda ishlab chiqarilgan arzon narxdagi mollari bilan ko‘plab o‘zbekistonliklarni jalb eta boshlagani aytiladi.

XS
SM
MD
LG