Линклар

Шошилинч хабар
26 октябр 2024, Тошкент вақти: 03:28

The Diplomat: O‘zbekistondagi saylov islohotga umid yo‘qolganini ko‘rsatdi


Toshkentdagi saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni. 9-iyul, 2023
Toshkentdagi saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni. 9-iyul, 2023

Mirziyoyev rahbarligida inson huquqlari sohasida muayyan oldinga siljishlar bo‘ldi, ammo mamlakatning xalqaro hamkorlari bu yutuqlar allaqachon to‘xtagani va hatto orqaga keta boshlaganini bilishlari kerak, deb yozdi The Diplomat nashri.

Prezident Mirziyoyev e’lon qilgan “Yangi O‘zbekiston” borgan sari aksar o‘zbeklar ortda qolgani rost bo‘lsin deb umid qilgan eski O‘zbekistonga o‘xshab bormoqda, deydi maqola muallifi.

Mirziyoyev hamon o‘zini islohotchi sifatida ko‘rsatishga intilmoqda va chindan ham mamlakatning 35 million aholisining o‘zgarishlarga bo‘lgan istagini aks ettiradi. Ammo yakshanba kungi saylov Mirziyoyev ga bog‘langan umidlar tersiga aylanayotgani ko‘rsatgichi bo‘ldi.

"Uning 2021-yili e’lon qilingan “Yangi O‘zbekiston”ni qurish strategiyasi qisman “fuqarolik jamiyatini mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilish”ni nazarda tutar edi. Ammo u qattiqqo‘l salafi Islom Karimovdan 2016-yili meros olgan avtoritar boshqaruv tizimini mustahkamlashga e’tibor qaratmoqda. O‘zbekistonning xalqaro hamkorlari islohotlarga, jumladan, inson huquqlari sohasida islohotlarga undashda davom etishi va ayni paytda O‘zbekiston o‘zining islohot yo‘lidan qaytsa, hamkorlikni kamaytirishga tayyor turishi kerak", deb yozadi nashr muallifi.

МАХСУС ДАСТУР: Ўзбекистонда президент Мирзиёев муддатини узайтирадиган сайлов бўлиб ўтди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 1:07:46 0:00

Saylovlar bu yilgi hokimiyatni mustahkamlash rejasining ikkinchi bosqichidir. Birinchi qadam aprel oyida yangi konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazilganda, Mirziyoyevning prezidentlik muddatini nollashtirib, unga yana ikki yetti yillik muddatga saylanish imkonini beruvchi referendumda qo‘yildi. Yakshanba kungi ovoz berish uning hokimiyatda, ehtimol, 2037-yilgacha qolishi uchun yo‘l ochib beradi.

Bularning barchasi avvalgi xotiralarni yodga soladi, chunki 2002-yilda Karimov prezidentlik muddatini uzaytirish bo‘yicha xuddi shunday referendum o‘tkazgan edi.

Mustaqil kuzatuvchilar erkin va adolatli deb hisoblagan saylovlar O‘zbekistonda hech qachon o‘tkazilmagan. 26-iyun kuni Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) saylovlarni kuzatish bo‘yicha eng nufuzli mintaqaviy organi prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik bo‘yicha oraliq hisobotini e’lon qildi. Unda ta’kidlanishicha, Toshkent YXHT tomonidan qayta-qayta ko‘tarilgan va boshqa xalqaro hamkorlar ham ta’kidlagan eng oddiy inson huquqlarini ta’minlash borasidagi xavotirlarga e’tibor bermayapti.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Mirziyoyevga qarshi na muxolifat, na mustaqil nomzodlar ishtirokiga yo‘l qo‘yilgani O‘zbekistonning o‘z fuqarolari huquqlarini kengaytirish da’vosiga zid ekanini xavotir bilan qayd etadi. 2021-yilgi prezidentlik saylovlari oldidan ham xuddi shunday xavotirlar bildirilgan edi. Bu safar YXHT muxolif partiyalardan biri ro‘yxatdan o‘tishga uringani, biroq unga to‘siq qo‘yilganini ta’kidlamoqda. "Partiya vakillari o‘zlariga tahdidlar bo‘lgani haqida xabar berishdi va yetakchisi esa ushlab turilgan", deyiladi YXHT bayonotida.

2021-yilda bo‘lgani kabi, YXHT saylov kuzatuvchilari yana “yig‘ilishlar, uyushmalar tuzish va so‘z erkinligi hamda sud hokimiyati mustaqilligi yo‘qligi yuzasidan xavotirlar”ni qayd etgan.

OAV sohasida "o‘z-o‘zini senzuralash keng tarqalgan, ba’zi jurnalistlar va blogerlar tahririyat mustaqilligiga aralashuvlar, tahdidlar va hibsga olishlarga duch kelishayotganini aytmoqda".

2021-yilgi prezidentlik saylovi oldidan O‘zbekistonning xalqaro hamkorlari Mirziyoyev yangi muddatda inson huquqlari va qonun ustuvorligini yaxshilashga intiladi, deb umid qilgan edi. Buning aksi yuz berdi va ba’zi sohalarda vaziyat yomonlashdi.

So‘nggi ma’lumotlar bu xavotirlarni tasdiqlaydi. 5-iyun kuni sud Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasidan bloger va huquqshunos Daulet Tajimuratovning 2022- yilda kamida 21 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan norozilik namoyishlari bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanib, 16 yilga qamalganiga qarshi apellyatsiyasini rad etdi. Biroq Human Rights Watch tashkiloti Tajimuratov o‘z fikrini tinch yo‘l bilan ifodalash huquqidan foydalanishdan boshqa ish qilganiga oid dalil topmagan.

Озодлик суриштируви: Мирзиёев кластерига айланаётган Ўзбекистон
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 1:10:20 0:00

Tajimuratovning tergov izolyatoridagi o‘ziga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lganliklari va qiynoqlar haqidagi iddaolari sud jarayonida tekshirilmagan. Bundan tashqari, norozilik namoyishlari paytida odamlar qanday qilib o‘lgani yuzasidan mustaqil tekshiruv ham, xavfsizlik kuchlarining qaysi vakili bu ishlarda javobgar ekanligi ham aniqlanmagan.

Shuningdek, iyun oyida “O‘zbek forumi” nohukumat guruhi o‘z yangi hisobotida Mirziyoyevning matbuot erkinligi amalda nimani anglatishini ko‘rsatdi. Unda tahdid, ta’qib va ta’qibga uchragan 10 nafar bloger, jurnalist va ijtimoiy tarmoq faollarining ishi hujjatlashtirilgan. Ba’zilar faqat o‘z ishlarini bajargani va so‘z erkinligidan foydalangani uchun hibsda qolmoqda.

Mirziyoyev davrida inson huquqlari bo‘yicha ba’zi sohalarda yaxshilanish kuzatildi, biroq mamlakatning xalqaro hamkorlari hukumat hozirda o‘z islohotlar dasturidan to‘xtab qolganini yoki orqaga chekinayotganini tan olishi kerak.

Ammo hozirgi vaqt ham noqulay, chunki O‘zbekiston Rossiyaning Ukrainadagi urushi va Afg‘oniston masalasida muhim mintaqaviy o‘yinchi hisoblanadi.

Biroq Yevropa Ittifoqi, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar uchun inson huquqlari poymol etilayotgan O‘zbekiston xalqini himoya qilish Toshkent bilan munosabatlarning ustuni bo‘lishi kerak. Demokratik islohotlar, qonun ustuvorligi va inson huquqlari bo‘yicha hamkorlikni yanada chuqurlashtirish Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston bilan bir yil avval imzolangan kengaytirilgan sheriklik shartnomasining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Ular, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi imtiyozli savdo shartnomasi bo‘yicha majburiyat ham hisoblanadi.

Bu hukumatlar inson huquqlari bo‘yicha o‘zlarining kutilmalarini aniq bayon etishlari va ularni amalga oshirishda yordam berishlari kerak. Ammo ular bu umidlar amalga oshmasa, O‘zbekiston bilan hamkorlikni cheklashga tayyor bo‘lishlari ham kerak. Mamlakatning amaldagi va yangi prezidenti “Yangi O‘zbekiston” so‘zda emas, amalda bo‘lishi kerakligini tushunishi muhim, deb yozadi The Diplomat.

XS
SM
MD
LG