Линклар

Шошилинч хабар
28 декабр 2024, Тошкент вақти: 12:21

The Eurasian Times: Moskva Pxenyanga askarlar evaziga uchoqlar taklif qilyapti


Serbiya Harbiy-havo kuchlari tasarrufidagi MiG-29 uchog‘i (illyustrativ surat)
Serbiya Harbiy-havo kuchlari tasarrufidagi MiG-29 uchog‘i (illyustrativ surat)

Pentagonning yuqori lavozimli mulozimi Rossiya Shimoliy Koreya bilan Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida ishtirok etayotgan koreyalik harbiylar evaziga Pxenyanga MiG-29 va Su-27 qiruvchi uchoqlarini yo‘llash haqida kelishuvga erishganini bildirgan. Bu haqda The Eurasian Times nashri xabar qildi.

AQSHning Hind-Tinch okeani qo‘mondonligi rahbari admiral Semyuel Paparo mazkur bayonot bilan 7-dekabr kuni Milliy mudofaa masalalari bo‘yicha Reygan nomidagi forumda chiqish qilgan.

Paparo kelishuvda Rossiya Shimoliy Koreyaga “to‘rtinchi avlodga mansub dahshat sochuvchi qiruvchi uchoqlar” taqdim etishi ko‘zda tutilganini bildirgan.

Admiral Shimoliy Koreyaga berilajak uchoq soniga aniqlik kiritmagan. Buning evaziga Pxenyan allaqachon Rossiyaga Moskva qo‘shini bilan birgalikda Ukraina Qurolli kuchlariga qarshi jang qilish uchun 12 mingga yaqin askar yo‘llagan, deya qayd etgan Paparo.

Aftidan, Shimoliy Koreya o‘z harbiylari evaziga shunchaki uchoqlardan ko‘ra ko‘proq narsa berilishini istamoqda. Paparoga ko‘ra, Pxenyan ballistik raketa kallaklari, zamonaviy suvosti tizimlari va havoga qarshi mudofaaning modernizatsiyalashgan imkoniyatlari doxil ilg‘or harbiy texnologiyalarga ko‘z tikayotgan bo‘lishi mumkin. Admiral fikricha, bunday oldi-berdi Shimoliy Koreyaning mintaqadagi harbiy pozitsiyasini mustahkamlaydi.

Rossiya bilan Shimoliy Koreya o‘rtasidagi bu harbiy hamkorlik Moskva urushda dastak kutayotgan boshqa AQSH dushmanlari bilan hamkorlikka parallel ravishda rivojlanmoqda.

2023-yil noyabrida Eron Rossiyadan Su-35 qiruvchi uchoqlari va Mi-28 harbiy vertolyotlarini olishini e’lon qilgan. O‘tgan yili Tehron Yak-130 mashq-jangovar uchoqlarini ham olgan. Eron kelajakda S-400 raketaga qarshi mudofaa tizimini ham sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan.

Sentyabr oyida AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari Kurt Kempbell Xitoyning “Rossiya harbiy mashinasi” tiklanishidagi yordami Moskva tomonidan ham javobsiz qoldirilmayotganini bildirgan. Rossiya Xitoyni avval dastaklamagan sohalarida qo‘llab-quvvatlamoqda, deyilgan maqolada. Bu yerda gap, xususan, ilg‘or suvosti, aviatsiya va raketa texnologiyalari haqida bormoqda, bu esa Moskva va Pekin o‘rtasidagi strategik hamkorlikda sezilarli darajada olg‘a siljish bo‘lganini anglatadi.

Bunday hamkorlik xalqaro sanksiyalar sharoitida Ukrainadagi urushni davom ettirishda Rossiya o‘z ittifoqchilariga tobora ko‘proq qaram bo‘lib borayotganini ko‘rsatadi, deyilgan The Eurasian Times nashri maqolasida.

XS
SM
MD
LG