Линклар

Шошилинч хабар
15 ноябр 2024, Тошкент вақти: 17:45

The Lancet: Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi klinik sinovlarda 91,6 foiz samara ko‘rsatdi


Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu vaksinani 2020 - yil avgustida ro‘yxatga olgan edi.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu vaksinani 2020 - yil avgustida ro‘yxatga olgan edi.

Koronavirusga qarshi Rossiyada ishlab chiqilgan “Sputnik V” vaksinasining samarasi 91,6 foizni tashkil etdi. Klinik sinovning uchinchi bosqich xulosalari dunyoning yetakchi tibbiyot jurnali - The Lancet’da seshanba kuni chop etilgan.

Mustaqil tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan bu xulosalar jahon hamjamiyatida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda yana bir qurol paydo bo‘lganini anglatadi, deydi olimlar.

"“Sputnik V” vaksinasi shoshma - shosharlik, shaffof bo‘lmagan hamda qoidalarga amal qilinmagan tarzda ishlab chiqilyapti, deb tanqid qilinayotgan edi. Lekin bu maqolada chop etilgan xulosalar puxta bo‘lib, vaksina emlashning ilmiy tamoyillarini namoyish qilmoqda. Demak, yana bir vaktsina koronavirusga qarshi kurashga qo‘shildi”, - deydi bu sinovda ishtirok etmagan Riding universitetining professori Yan Jons va London Gigiyena va tropik tibbiyot maktabining professori Polli Roy.

Ikki dozali vaksina klinik sinovning uchinchi bosqichida 19,866 ko‘ngilli, jumladan, platsebo olgan 5 mingga yaqin odam tekshirilganda uning samarasi 91,4 foizni tashkil etgani aniqlandi. Bu haqida “Sputnik V”ni ishlab chiqqan Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazining xodimi Denis Logunov The Lancet jurnaliga ma’lum qilgan.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu vaksinani 2020 - yil avgustida ro‘yxatga olgan edi. O‘shanda uning dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olingan koronavirusga qarshi vaksina ekani aytilgandi. Sovet Ittifoqi tomonidan fazoga ilk bor uchirilgan sun’iy yo‘ldosh sharafiga vaksina “Sputnik V” deb nomlangan edi.

Rossiya uchinchi bosqich klinik sinovlarning ma’lumotlarini allaqachon bir qator davlatlarning mutasaddilariga taqdim etgan hamda vaksinani ro‘yxatga olinish iltimosi bilan Yevropa Ittifoqining regulyatoriga murojaat qilgan.

Tadqiqot natijalari AstraZeneca hamda Pfizer shirkatlari koronavirusga qarshi preparatni ishlab chiqarishni kamaytirishga majbur bo‘lishi ortidan Yevropada vaksina taqchilligi kuzatilayotgan bir paytda chop etilgan. AQShda ham vaksinani saqlash bilan bog‘liq muammolar va shtatlararo muvofiqlashtirishning zaifligi deb emlash jarayoni oqsamoqda.

XS
SM
MD
LG