Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 23:59

The Telegraph: Putin Kursk viloyatini Tramp inauguratsiyasigacha qaytarib olmoqchi


Kursk viloyatidagi Suja shahridan lavha, 2024-yil avgusti
Kursk viloyatidagi Suja shahridan lavha, 2024-yil avgusti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kursk viloyatining ukrainalik harbiylar tomonidan egallab olingan hududlarini Donald Trampning 2025-yil 20-yanvariga belgilangan inauguratsiyasiga qadar qaytarib olishga umid qilmoqda. Bu haqda The Telegraph nashri xabar qildi.

Nashr tanishib chiqqan Britaniya harbiy razvedkasi bahosiga muvofiq, yaqin kunlar ichida Rossiya Ukraina pozitsiyalariga qarshi dron hujumlarini kuchaytirishi mumkin.

Shuningdek, 12 ming chog‘li shimoliy koreyalik harbiylar Kursk viloyatidagi jangovar harakatlarga jalb qilinishi kutilmoqda. The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, Kursk viloyatiga hujum hozirligi doirasida rossiyalik harbiylar Shimoliy Koreyadan kelgan harbiylar doxil 50 ming askarlik guruh to‘plashgan.

Ukrainalik tahlilchilar fikricha, Kreml Kursk viloyatiga hujumdan Ukrainaning Sumi viloyatining shimoli-sharqiy qismida ilgarilash uchun ham foydalanishni rejalayotgan bo‘lishi mumkin.

The Telegraph qaydicha, Rossiya shu paytgacha ukrainalik harbiylar tomonidan avgust oyidagi amaliyot egallab olingan hududlarning taqriban yarmini qaytarib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq The Washington Post gazetasi AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘tgan haftada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani, muloqot chog‘ida u Putinni Ukrainadagi urush eskalatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgani haqida xabar qilgan edi. Kreml bunday so‘zlashuv bo‘lib o‘tganini rad etmoqda.

Saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Tramp, prezidentlik lavozimiga saylangan taqdirda, Ukrainadagi urushni bir kun ichida yakunlashga imkon beradigan yo‘lni topishini bir necha marta ta’kidlagan edi. Ayni paytda respublikachilar nomzodi bo‘lgan siyosatchi qanaqa konkret qadamlar qo‘ymoqchi ekaniga aniqlik kiritgan emasdi.

XS
SM
MD
LG