Линклар

Шошилинч хабар
24 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:43

Tojikiston gidroenergetika uchun bor resurslarini sarflayapti


Prezident Emomali Rahmon Vahsh daryosi uzra qurilayotgan 4 milliard dollarlik ziddiyatli Rog‘un GESi loyihasining boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda. 29- oktabr, 2016
Prezident Emomali Rahmon Vahsh daryosi uzra qurilayotgan 4 milliard dollarlik ziddiyatli Rog‘un GESi loyihasining boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda. 29- oktabr, 2016

So‘nggi o‘n yillikda Rog‘un GESini qurishga bir necha milliard dollar sarflagan Tojikiston rahbariyati uchun loyihaning barbod bo‘lishi imkonsiz.

Biroq, oshib borayotgan xarajatlar hamda loyihaning atrof-muhit va insoniyatga ta’siriga oid uzoq vaqtdan beri davom etayotgan bahslar fonida, tanqidchilar Rog‘un barqaror faoliyatga o‘tishi uchun ko‘p vaqt talab etilishini aytmoqda.

Yillik ishlab chiqarish quvvati 3600 megavatt bo‘lgan inshootga ko‘z tikayotgan birgina Tojikiston emas. Inshoot O‘zbekiston, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlardagi energiya xavfsizligi masalasining muhim qismiga aylanishi mumkin.

Tojikistonning qo‘shnilari energiyaga bo‘lgan ehtiyojini quyosh va shamol elektrostansiyalari orqali to‘ldirishga urinayotgan bir paytda, Dushanbe uchun to‘g‘onlar hamon asosiy energiya manbai bo‘lib qolmoqda

Jahon banki guruhi ijrochi direktorlar kengashi delegatsiyasi Markaziy Osiyo bo‘ylab safar qildi. Delegatsiya Tojikistonda prezident Emomali Rahmon bilan muzokaralar o‘tkazdi hamda to‘g‘onning qisman ishlayotgan gidroelektr stansiyasiga tashrif buyurdi.

“Тўқтағул”да сув хавфли даражада камайди – бу Ўзбекистонга қандай таъсир қилади?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:25 0:00

Tashrif Tojikiston energetika sektori uchun ham salbiy, ham ijobiy o‘zgarishlardan kelib chiqdi. Salbiy tomoni 1-mart kuni mamlakatning aksariyat qismi jumladan, poytaxt Dushanbe bir necha soat zulmatda qoldi.

«Asia-Plus» mahalliy OAV manbasiga tayanib, nosozlikni hozirda Tojikiston elektr energiyasining qariyb yarmini ta’minlaydigan Norak GESidagi «avariya» bilan izohladi. Yana bir nashr – Dushanbe TV manbasiga tayanib, «respublika asosiy yuqori voltli liniyalarida texnik avariya» yuz berganini iddao qildi.

«Barqi tojik» davlat elektr kompaniyasi Ozodlik radiosining tojik xizmatiga izoh bermadi.

Oradan bir necha kun o‘tib, 4-mart kuni Energetika va suv vaziri o‘rinbosari Sorbon Xolmuhammadzoda ishdan olindi. Hukumat qarorida u yangi lavozimni egallashi aytilgan, ammo qaysi lavozim ekanligi ochiqlanmadi.

O‘tgan oy Jahon banki to‘rtta davlatni qamrab oladigan mintaqaviy energiya loyihasi CASA1000 ni moliyalashtrishni davom ettirishi haqida e’lon qildi. Loyihada Tojikiston muhim rol o‘ynashi kutilayotgan xabar qilingan.

CASA-1000 2021-yilda Afg‘onistonda Tolibon hokimiyatga kelganidan keyin amalda to‘xtab qolgan edi. Jahon banki o‘tgan oy infratuzilmani Afg‘onistondan o‘tadigan qismini ham moliyalashtirishda davom etishini e’lon qildi.

CASA-1000 ishga tushsa, Tojikiston taxminan 1,3 gigavatt elektr energiyasining 70 foizini Afg‘oniston va Pokiston tarmoqlariga o‘tkazishi, qolgan qismini esa Qirg‘iziston olishi ko‘zda tutilgan.
Ammo Tojikistonda zaxira energiya bo‘lmasa, elektr uzatish infratuzilmasi unchalik foyda bermaydi.

Bu yil qish oxiridagi sovuq harorat shundog‘am doimiy elektr taqchilligidan qiynalgan tojikistonliklar uchun yanada og‘ir keldi.
Ozodlik radiosining tojik xizmati so‘nggi haftalarda qishloqlardagi oilalarda qo‘lbola pechlardan foydalanish oqibatida is gazidan zaharlanib o‘lish holatlari haqida xabar qildi.

Толибоннинг "ҳалокатли канали". Ўзбекистон нега жим?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:28:42 0:00

Agar Norak GESidagi avariya tufayli Dushanbe elektrsiz qolgani haqidagi xabarlar rost bo‘lsa, demak, Rog‘un inshooti kutilganidek tez samara bermasligi mumkin.

Emomali Rahmon Rog‘unning uchinchi bloki 2025-yilda ishga tushishini aytdi. Hozirda inshootning 2 ta bloki ishlab turibdi.

Tojik hukumatining so‘nggi hisob-kitoblariga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 6 milliard dollarni tashkil etadi.

Italiyada joylashgan Webuild kompaniyasi (sobiq Salini Impregilo) loyihaning asosiy pudratchisi hisoblanadi. Lekin Dushanbe dunyodagi eng baland obyekt bo‘lishini xohlayotgan obyektning yakuniy bosqichini moliyalashtirish manbai hali ham noma’lum.

Dunyodagi eng baland to‘g‘on Tojikistonga haqiqatan ham kerakmi?

Hozirgacha Rog‘un davlat budjeti va qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirib kelinmoqda. Birinchidan Markaziy Osiyoning eng qashshoq mamlakati uchun loyiha juda qimmatga tushadi.

Ikkinchidan mamlakat mablag‘ jalb qilish uchun 2017-yilda past foizga bo‘lsada 500 million dollarlik yevroobligatsiyalar bozorga chiqardi.

Tojikiston xalqaro institutlar loyihaning qolgan qismini moliyalashtirishiga umid qilmoqda.

Shu oyda 17 ta notijorat tashkilotlar, jumladan Pragada joylashgan CEE Bankwatch Network kuzatuv tashkiloti Jahon banki, Osiyo infratuzilma investitsiya banki va Yevropa investitsiya bankini Rog‘un GESini qo‘llab-quvvatlash uchun 600 million dollar ajratish qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Hisobotga ko‘ra, loyihaning joriy Atrof-muhit va ijtimoiy ta’sir holati loyihadan ko‘zlangan maqsadlarga muvofiq emasligini ko‘rsatgan.

Hisobot mualliflari Rog‘un inshootini «tabiat ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish kabi sovetcha mafkuraning namunasi» deb atagan. To‘liq ishga tushmagan to‘g‘on uchun 2040-yilgacha kamida 46 000 kishi ko‘chirilishi kerakligi ta’kidlangan.

«Vaxsh daryosi bo‘yidagi Rog‘un GESi loyihasi nafaqat Tojikiston, balki butun mintaqa uchun juda katta ijtimoiy va ekologik xavf-xatar uyg‘otadi», deb yozgan tashkilotlar qo‘shma hisobotida.

Rog‘unning asosiy tanqidchilaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston yangi hukumat davrida ehtiyotkor tarafdorga aylandi.

Bu Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy munosabatlarni yaxshilashga ustuvor ahamiyat bergani bilan bog‘liq.

Марказий Осиёда АЭС қуриш истаги. Мутахассислар нимадан хавотирда?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:08 0:00

Biroq bu masala O‘zbekistonga suv yoki elektr energiyasidan qaysi biri ko‘proq kerak degan savolga javob topilmagani bilan ham qisman bog‘liq. Tojikiston bu muammolardan birini yengillashtirishi mumkin.

Tojikiston ham o‘z navbatida, energiya tanqisligini to‘ldirish uchun «yashil texnologiyalar» haqida gapira boshladi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston atom elektr stansiyasi qurish haqida o‘ylamoqda. Ammo bu hozircha g‘oya. Oktabr oyida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan «Tojikistonda samarali energiya» konferensiyasida tojik rasmiylari 2030-yilgacha Tojikistonda 70 megavattgacha bo‘lgan shamol va quyosh elektr stansiyalari barpo qilinishini aytdi.

Biroq o‘sha paytdagi Energetika va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Xolmuhammadzoda hukumatning ustuvor yo‘nalishini quyidagicha ochiqlagan.

«Kelgusi yetti yil ichida Rog‘un GESi ishga tushirilishi hamda Norak, Sarband va Qayroqqum kabi GESlarni rekonstruksiya qilish hisobiga Tojikistonda energiya ishlab chiqarish quvvati qo‘shimcha 4000 megavattga oshadi.»

XS
SM
MD
LG